Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l
qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
3. Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy siyosat Oʻzbekiston iqtisodiy siyosati Oʻzbekiston davlat iiqtisodiy siyosatining ustivor yoʻnalishlari. Oʻzbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro foydali munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim sohalarga qaratgan.
Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi:
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro
munosabatlarning toʻlaqonli subyekti sifatida oʻrni va rolini yana-da
mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekiston
1[5]
Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган
«Инновационные методы
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va doʻstona qoʻshnichilik munosabatlar mintaqasini
yaratish;
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo
hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida obyektiv axborotni yetkazish;
- Oʻzbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining meʼyoriy-
huquqiy bazasini, shuningdek xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
- Oʻzbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish
masalalarini tartibga solish.
Umuman, Oʻzbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari
barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va koʻp tomonlama oʻzaro
hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.