Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi


Xalqaro maydon imkoniyatlaridan qanday foydalanilmoqda?



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə8/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Xalqaro maydon imkoniyatlaridan qanday foydalanilmoqda? 
Mamlakatimiz anʼanaviy ravishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 
muloqotni va hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat beradi. Soʻnggi 
yillarda BMT va uning institutlari, shu jumladan, Inson huquqlari boʻyicha oliy komissar boshqarmasi va Inson huquqlari kengashi bilan oʻzaro hamkorlik darajasini oshirishga erishildi. Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar bilan 
doʻstona munosabatlarni va oʻzaro foydali hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatning 2020-yilda MDHga birinchi raisligi strategiyasi haqida soʻz yuritib, jumladan, shunday degan: “Hamdoʻstlikda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlar natijadorligini oshirish va ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida insonparvarlik aloqalarini yana-da mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”. Bugungi kunda Oʻzbekiston MDHda oʻz milliy koordinatori darajasini Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosaridan Bosh vazir oʻrinbosarigacha koʻtardi, MDH Iqtisodiy kengashidagi oʻz ishtirokini tikladi. Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. 2019-yil sentyabrda 
mamlakat Turkiy illi davlatlar hamkorlikkengashi(TTDHK)ga aʼzo boʻldi. Uzoq muddatli istiqbolda TTDHK Yevropa, Oʻrta Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi keng makonda mintaqaviy hamkorlikning oʻziga xos mexanizmidan iborat subregional birlashmaga aylanishi kerak. Tashkilot bilan hamkorlikning faollashuvi mamlakatimiz uchun qoʻshni mamlakatlar bilan ham, mintaqadan tashqari yaqin hamkorlar (Turkiya, Ozarbayjon) bilan ham koʻp tomonlama aloqalarni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi. Tashkilot ishida doimiy aʼzo sifatida ishtirok qilish Toshkentga xalqaro maydonda oʻz tashabbuslarini ilgari surishshuningdek, mamlakatning turkiy-islom taraqqiyoti markazlaridan biri sifatida xalqaro nufuzi 
va maqomini mustahkamlash uchun qoʻshimcha siyosiy-diplomatik resurslar 
beradi. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin