Eng muhim asoslar Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Harakatlar strategiyasida koʻrsatilgan vazifalar doirasida boʻlib, xalqaro maydonda
aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy qadamlarda oʻz aksini topmoqda.
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya,
Fransiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan
koʻp qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy
hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yoʻl xaritalari” tasdiqlangan.
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy
manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur oʻylangan
tashqi siyosiy yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Tabiiyki, yangi ustuvor yoʻnalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy
boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etildi, Belarus va Oʻmonda vakolatxonalar, Rossiya va Qozogʻistondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi. Xalqaro maydondagi hamkorlik ilgʻor dunyo tajribasini oʻrganish, xorijiy
mamlakatlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish orqali Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu
mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga oʻz
hissasini qoʻshadi.
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan
savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilgʻor
texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.
Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi oʻsdi.
Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 3,7
baravar koʻproqdir.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, Covid-19 tarqalishini
toʻxtatish bilan bogʻliq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay,
Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu
jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Bunga soʻnggi 10 yil ichida birinchi marta mamlakatning Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkilotining kredit xavfi reytingidagi pozitsiyasi yaxshilanganligi
sabab boʻldi.
Jahon banki “Biznes yuritish” reytingida mamlakat 7 ta pozitsiyaga
koʻtarildi va biznesni roʻyxatdan oʻtkazish koʻrsatkichi boʻyicha 190 ta davlat
orasida 8-oʻrinni egalladi, eng yaxshi islohotchi mamlakatlar safiga kiritildi.
Dunyodagi eng obroʻli jurnallardan biri – “Economist” (Buyuk Britaniya)
Oʻzbekistonni yil mamlakati – 2017-yildan eʼtiboran islohotlar eng jadal surʼatlar
bilan amalga oshirilayotgan davlat sifatida eʼtirof qildi.
Oʻzbekiston 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni va 57 ta davlat fuqarolari
uchun soddalashtirilgan vizali rejimni joriy qildi. Oʻtgan yilda mamlakatga
6,7 mln. xorijiy turist keldi — bu 2016-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 4,7 mln. yoki 3,3 baravar koʻproqdir.
Oʻzbekistonning amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosati xalqaro
hamjamiyat tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, AQSHdagi Gudzon
instituti Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Richard Vays fikricha,
Oʻzbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslari butun Markaziy Osiyo uchun yangi
imkoniyatlarni ochmoqda. Respublika mavjud muammolarni birgalikda hal qilish
gʻoyasidan iborat kun tartibini ilgari surmoqda.
Rim geosiyosiy tadqiqotlar instituti (IsAG) Yevrosiyo dasturi ilmiy
xodimi Fabrissi Viyelmini qayd etishicha, uzoq vaqt regional jarayonlardan chetda
boʻlgan Oʻzbekiston bugungi kunda yangicha harakat qilmoqda. Mintaqa yuragi hisoblangan Toshkent Markaziy Osiyoda barqarorlashtiruvchi davlat tabiiy rolini
oʻziga qaytarib olmoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy
xodimi Andrey Grozin ham hozirgi paytda Markaziy Osiyoda davlatlararo
munosabatlar tizimi shakllanayotganligiga eʼtibor qaratadi. Uning soʻzlariga
qaraganda, soʻnggi vaqtda Toshkent turli xil yoʻnalishlar boʻyicha yuqori faollikni
namoyon qildi. Mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarda sezilarli
sogʻlomlashish belgilari yaqqol ifodalanmoqda.
Toshkent tashqi siyosiy yoʻnalishining yangi qadami afgʻon yoʻnalishidagi
faollashuvdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan ikki tomonlama
aloqalarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgʻon muammosini hal qilish boʻyicha
koʻp tomonlama harakatlarga faol qoʻshildi.
Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi ikki
tomonlama munosabatlarda “ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar va amaliy hamkorlikning sifat jihatdan yangi darajasini”, shu jumladan, Surxon —
Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori-Sharif — Hirot temir yoʻl qurilishi
yirik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarni mustahkamlagan yirik
voqea boʻldi. Termizda Afgʻoniston fuqarolari uchun Taʼlim markazi ochildi.
Hozirgi vaqtga kelib, afgʻonistonlik 136 nafar talaba ushbu Taʼlim markazini
bitirib, ulardan 96 nafari — oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha bakalavr
diplomlarini olgan, 40 nafari — rus tili, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik boʻyicha
qisqa muddatli kurslarni tamomlagan. Bugungi kunda ulardan ayrimlari Afgʻoniston parlamentida, vazirliklari va muassasalarida ishlamoqda, mamlakat
oliy taʼlim muassasalarida muallimlik qilmoqda, mustaqil biznesni yuritmoqda.
Toshkent Afgʻoniston boʻyicha tinchlik jarayoni boshlanishiga muhim hissa
qoʻshgan yuqori darajali «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va regional oʻzaro munosabat» xalqaro konferensiyasining tashabbuschisi boʻldi va
uni oʻtkazdi.
Joriy yilning 24-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻzining
Oliy Majlisga Murojaatnomasida yaqin yillarda mamlakatni modernizatsiya qilish
boʻyicha strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik
oʻzgartirishlar va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish masalalarini oldingi oʻringa
olib chiqdi.
Murojaatnomada tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy ustuvor yoʻnalishlari
belgilangan. 2020-yil — “Ilm-fan, taʼlim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi Oʻzbekistonda barcha sohalarda raqobatlasha oladigan
jamiyat va infratuzilmani yaratish zaruriyatini alohida qayd etadi.
Buning uchun, eng avvalo, ilgʻor xorijiy tajribadan, zamonaviy innovatsion,
pedagogik texnologiyalar va ilmiy loyihalardan foydalanish, mamlakatning taʼlim
va ilmiy-tadqiqotchilik muassasalari faoliyatini samarali oʻzaro muvofiqlashtirish
asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish talab
qilinadi.
Prezident tomonidan xorijiy tajribadan foydalanilgan holda fanni
rivojlantirishga hamda xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻyishga ham katta eʼtibor qaratilgan.
hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday
yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qoʻllab-
quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish
vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Yuqori darajali aloqalar tufayli Toshkent dunyoning yetakchi davlatlari bilan
munosabatlarni tubdan yangi darajaga olib chiqdi. Rossiya Federatsiyasi bilan
koʻp rejali strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib
bormoqda. Hozirgacha tuzilgan strategik hamkorlik toʻgʻrisida, ittifoqchilik
munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomalar, shuningdek, RF va Oʻzbekiston
oʻrtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Deklaratsiya yangi
mazmun bilan toʻldirilmoqda va amaliy tatbiq qilinmoqda.
Oʻzbekistonning bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan teng
huquqlilik, oʻzaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish
tamoyillari asosida barqaror va oldindan bashorat qilinadigan tarzda rivojlanib
borayotgan strategik hamkorligi sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarildi.
Taraflarning kelgusi harakatlari strategik hamkorlikning oʻzaro foydali
yoʻnalishlarini topishga qaratilishi kerak.