Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 119,01 Kb.
səhifə60/179
tarix02.01.2022
ölçüsü119,01 Kb.
#43428
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t

DOIMIY XARAJATLAR - ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo’lmagan chiqimlar. Masalan, qorovulni ish haqi, ijara haqi va shu kabilar.

JADALLAShTIRILGAN AMORTIZASIYA - kamayayotgan balans usulida hisoblanadigan amortizasiya. Bunda foydalanishning birinchi yilida ajratiladigan mablag’lar me’yori ikki baravarga oshiriladi, ikkinchi yilda esa qoldiq qiymatdan 20% ajratiladi va h. k.

O’RTAChA O’ZGARUVChAN XARAJATLAR – mahsulot birligiga mos keluvchi o’zgaruvchan harajatlar, ya’ni o’zgaruvchan harajatlarning mahsulot hajmiga nisbati.

ZARAR - korxona daromadi va umumiy xarajatlari orasidagi manfiy ayirma. Masalan, korxona daromadi 15 ming, xarajatlari 20 ming so’mga teng. Unda zarar - 5 ming so’mga teng bo’ladi.

IQTISODIY FOYDA - firmaning umumiy daromadi (tushumi) va barcha xarajatlari o’rtasidagi ayirma. Agar korxona qiyinchilik bilan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy foyda ololmaydi. Iqtisodiy foyda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi. Agar buxgalteriya xarajatlaridan kapital foiz daromadini, yer va imoratlarga rentani va boshqaruv uchun to’lovi chegirib tashlansa, iqtisodiy foyda qoladi. U ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib aql-idrok bilan ish yuritish, tavakkalchilik qilgani uchun tegadigan mukofotdir.

КAPITAL (sarmoya) - sohibkor tomonidan daromad keltirish uchun yo’naltirilgan sarmoya, vosita, ya’ni egasiga qiymat keltiruvchi qiymat. Кapitalning pul, unumli va tovar shakllari bor. Tadbirkorlar tasarrufidagi mablag’lar ham sarmoya hisoblanadi. Mutaxassis qiymat sarflab o’rgangan bilimi, orttirgan tajribasi ham kapital bo’lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining aksiya va obligatsiyalarini sotishdan tushgan puli kapitalni tashkil qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida kapitalning doimiy, o’zgaruvchi, asosiy va aylanma, sanoat kapitali, savdo kapitali,ssuda kapitali kabi shakllari mavjud.

КARTEL - ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanishini talabga moslashtirish, narhlarni barqarorlashtirish, bozordagi ta’sir ko’rsatish sohalarini taqsimlash, mahsulotni o’tkazish, sanoatning xorijiy raqobat va chet el firmalarining mahsulot narhlarini ataylab pasaytirishidan himoyalanmagan yangi sohalariga sarmoya sarflanishini bir maromda saqlab turish uchun narhlarni va ishlab chiqarishda ishtirok etish ulushlarini belgilash maqsadida mustaqil firmalar o’rtasida tuzilgan bitimga asoslangan tadbirkorlik birlashmasi turi.

Кartel narhlar ustidan nazorat o’rnatish maqsadida ishlab chiqarish hajmini cheklash xususida o’zaro imzolangan firmalar yoki korxonalarning monopol birlashmasi shakli. Uning boshqa uyushmalaridan farqi, unga kiruvchilar xo’jalik yuritish mustaqilligini saqlab koladi. Кartel bitimlari ko’proq yirik trest va konsyernlar o’rtasida tuziladi.



КONSORSIUM - muayyan iqtisodiy loyihalarni yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o’rtasida tuzilgan muvaqqat bitim.

КONSERN - bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lib, odatda rasmiy mustaqilligini saqlab qoladigan, yagona idora etish markazidan boshqarilib turadigan bir guruh korxonalar birlashmasi. Bir konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo korxonalari va bank uyushgan bo’lishi mumkin. Кonsern tarkibidagi korxonalar ko’p sohalarda faoliyatlarini o’zaro muvofiqlashtirgan holda hamkorlikda tashkil etadilar.

КORPORATSIYA - biron maqsad asosida, masalan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki kommersiya faoliyatlarini amalga oshirish uchun uyushgan jamoa birlashmasi, aksionerlik jamoasi.

КORXONA - (firma) amaldagi qonunlar asosida mustaqil ravishda foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi xo’jalik shakli. Кorxona ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, vositachilik va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatishi mumkin bo’lib, xususiy, aksionerlik, jamoa, kooperativ, davlat yoki aralash mulk shakllarida bo’lishi mumkin.


Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin