BANDLIКNING КLASSIК NAZARIYASI - iqtisodiyot fanida klassik maktab namoyondalari tomonidan ilgari surilgan makroiqtisodiy nazariya. Uning asosiy qoidalaridan biri iqtisodiyot o’zini-o’zi tartibga solish bozor mexanizmiga ega va u aholini to’la bandligi uchun sharoit yaratadi, davlat iqtisodiyotni tartibga solishga aralashmasligi zarur.
6 - mavzu. Moliyaning mohiyati va moliya tizimi, davlatning soliq-byudjet siyosati. Pul muomalasi, kredit va banklar
PUAShAL SOLIQ - daromad miqdoridan qat’iy nazar olinadigan soliq.
DIVIDEND - aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan sof foydasi. Bunda foyda egalik qilinadigan aksiyalarga muvofiq taqsimlanadi.
DILLER - qimmatli qog’ozlar, tovarlar va valyuta oldi-sotti savdo bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs yoki firma.
DISКONT- 1. Qimmatli qog’ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi paytidagi narxi yoki belgilangan qiymati o’rtasidagi farq; moliyaviy vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan qiymatidan past narxda xarid qilish. 2. Valyutaning kelgusi kursi bilan darhol yetkazib berilgan paytdagi kursi o’rtasidagi farq. 3. Turli muddatlarda yetkazib beriladigan bir turdagi tovarning narhlari o’rtasidagi farq. 4. Birja bitimlarida tovar sifati shartnomada kelishilganidan past bo’lganida narxdan chegirish. 5. Valyuta bitimlarida valyuta rasmiy kursidan pasayishga qarab chetga chiqish.
DISКONTLASh- 1. Veksellarni hisobga olish. 2. Turli yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni vaqtga ko’ra taqqoslanadigan o’lchamlarga keltirish. 3. Ma’lum davr o’tganidan so’ng to’lanadigan daromadni hozirgi davrga va harakatdagi foiz stavkasiga keltirish.