STRUКTURAVIY (tarkibiy ishsizlik) - ishchi kuchi strukturasi sekin o’zgaradi va har doim takomillashib boradigan ishlab chiqarishning strukturasiga mos kelmaydi, natijada ish kuchiga bo’lgan taklif va unga bo’lgan talab mos kelmasligi natijasida ishsizlik vujudga keladi, bu strukturaviy ishsizlik deyiladi. Masalan, 80-yillarda dunyo bozorida neftning narhini pasayishi natijasida AQShda shu sohada ishlaydiganlarning ko’pchiligi ishsizga aylandilar. Кompyutyerni kashf etilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida idora xizmatchilarining ko’pchiligi o’z ishlarini yo’qotadilar, ammo shu vaqtning o’zida matematiklar, programmistlarga minglab bo’sh joylar bor edi.
MILLIY BOYLIК- jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg’arilgan moddiy ne’matlar majmui. Milliy boylik aholi turmushi, moddiy va ma’naviy darajaning negizi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy asosi va natijasidir. Moddiy boylik tarkibiga asosiy ishlab chiqarish fondlari, fan, maorif, sog’liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at, dam olish va shu kabi muassasalarga tegishli bino, inshoot va uskunalar, ishlab chiqarish sohasidagi moddiy aylanma mablag’lar, zahiradagi moddiy resurslar kiradi. Shuningdek, aholini ixtiyoridagi xizmat muddati bir yildan ortadigan uy-joy va ro’zg’or buyum-anjomlari ham milliy boylik tarkibiga kiradi. Xo’jalik faoliyatiga tortilgan tabiiy resurslar ham milliy boylik hisobiga kiritiladi.