1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
DAROMADLAR SIYOSATI - maqsadi individual pul daromadlar dinamikasiga, tovar va xizmatlarning narxiga ta’sir etish huquqi bo’lgan hukumat siyosati.
DAVLATNING SOLIQ TIZIMI - muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliq turlarining majmui; unga soliqlarning turlari, miqdori, soliq imtiyozlari, undiriladigan soliqlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining vazifalari mavjud bo’lib, ulardan: soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat yuritishni rag’batlantirish yoki cheklash; aholining ayrim tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlarni berish kabilar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Soliq tizimi o’zgaruvchan bo’ladi.