LАFFYER EGRI ChIZIG’I - soliq stavkalari va soliq tushumlari miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Soliq stavkasini ko’tarish yordamida faqat ma’lum vaqtgacha soliq tushumlarini ko’paytirish mumkin. Soliq stavkasini o’ta ko’tarib yuborish faoliyat ko’rsatish rag’batlarini buzib yuboradi, natijada byudjetga soliq tushumlarining miqdori, kamayishi mumkin. Soliq tushumlari soliq stavkasiga bog’liqligini iqtisodchi Artur Loffyer tadqiq etgan va uni «Loffyer egri chizig’ida» aks ettirgan.
MAHALLIY BYUDJET – davlat byudjetining tegishli viloyat, shahar, tuman pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi qismidir. Undagi daromad manbalari va tushumlar moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun yo’naltiriladi.
MOLIYA BOZORI - moliyaviy mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’ladigan munosabatlar. U tarkiban qimmatbaho qog’ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat. Moliya bozori tizimiga - qimmatbaho qog’ozlar bozori, valyuta bozori, ssuda kapitali bozori kabilar kiradi. Moliya bozorida pulga obligatsiya va aksiyalar, veksel va sertifikatlar, valyutalar oldi-sotti qilinadi.