AКSIYADORLAR JAMIYATI - yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan xo’jalik faoliyatini amalga oshirish maqsadida pul mablag’larini birlashtirish orqali yaratilgan tashkilot. Aksiyadorlar jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
AКSIYANING NOMINAL NARXI - hissadorlik jamiyati ta’sis etilganda, sotilgan aksiyaning dastlabki narxi.
HISSADORLIК JAMIYATI - ko’proq foyda olish maqsadida mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirgan uyushma.
QO’ShILGAN QIYMAT SOLIG’I (k. s. s.)-ishlab chiqarishning har bir bosqichida tovar qiymatiga qo’shib boriladigan qiymatga solinadi. U egri soliqlarning turi hisoblanadi. 2003 y. 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat. solig’i stavkasi 20% qilib belgilangan. Ungacha q. q. s. 23% dan 30%gacha belgilangan edi. Bu hol respublikamizda soliq siyosati yaqqol ko’zga ko’rinadigan fiskal vazifasini bajarishdan chetlashganini ko’rsatadi.
BYUDJET- davlat, korxona yoki ayrim olingan shaxsning ma’lum muddat uchun belgilangan daromad va xarajatlarining hisobi.