Bozor islohotlari — bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratiltan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad— turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchui barcha shart-sharoitlarni yaratish demaqdir.
Islohotlar konsepsiyasiijtimoiy—iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo'llarining umumiy g'oyasidir.