Iqtisodiyot


Xorijiy mamlakatlarda pensiya fondlari faoliyati tajribalari



Yüklə 445,57 Kb.
səhifə5/11
tarix23.05.2022
ölçüsü445,57 Kb.
#59205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5337090953746323814

1.2. Xorijiy mamlakatlarda pensiya fondlari faoliyati tajribalari.
Jahon mamlakatlarida pensiya fondlari ijtimoiy jihatdan tobora kengroq ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Dunyodagi demografik vaziyat chigallashib borar ekan, pensiya fondlari bu sharoitda daromadlar va xarajatlar mutanosibligini ta’minlashi lozim bo’ladi. Jahon pensiya tizimida pensiya dasturlarini tashkil etishning ikki xil: belgilangan badal va belgilangan to’lov usullari mavjud. Bu ikki usul bir-biridan tashkil etilishi va tamoyil jihatdan farq qilsa ham ular mohiyat jihatdan daromad va xarajatlarni o’zaro mutanosiblikda olib borishga harakat qiladi. Birisi, to’langan badalga qarab pensiya bersa, boshqasi xodimning kelajakda oladigan pensiya miqdoriga qarab badal belgilaydi.
Jahon mamlalakatlarida pensiyalarni to’lashning ikki xil manbai farqlanadi: pensiya fondlari va davlat mablag’lari hisobidan to’lovlar amalga oshiriladi. Kelajakda yuz beradigan pensiya to’lovi majburiyatlarini qoplash uchun aksariyat IHTT mamlakatlarida mustahkam moliyaviy aktivlar to’plangan. 2013-yilda IHTT mamalakatlari pensiya fondlarining aktivlari mazkur mamlakatlar YaIMning o’rtacha miqdorining 83 foizini tashkil etgan. IHTTning 16 mamlakatida davlat pensiyalarini to’lash uchun davlat pensiya zahiralari ham tashkil etilgan. Bu mamlakatlarda davlat pensiya zahiralari YaIMning o’rtacha 20 foizini tashkil etadi.

IHTT mamlakatlarining 13 ta mamlakatida pensiya fondlari aktivlari YaIMning 20 foizidan ko’proq mablag’ga ega. Boshqa mamlakatlar esa majburiy fondlashtirilgan pensiya tizimini yaqin yillarda joriy qilishdi. Bu borada Chili eng uzoq yillik tarixga ega va IHTT mamlakatlarining YaIMdagi o’rtacha salmog’idan unchalik past bo’lmagan moliyaviy aktivlarni jamlagan (62,3%).


1990-2000-yillar oralig’ida majburiy xususiy pensiya fondlarini joriy etgan Estoniya va Meksika kabi mamlakatlarda o’sish ko’rsatkichlari ancha ijobiy xarakterga ega. Ularda aktivlar muntazam o’sib bordi va mos ravishda mamlakat YaIMning 9 va 15 foiziga teng bo’ldi. Mazkur ko’rsatkichlar yaqin o’n yillar davomida qarilik daromadlarini to’lab boruvchilarning ko’plab qo’shilishi va ko’proq badallar to’lanishi hisobiga oshib boradi.
“Pay-as-you-go” tizimiga asosan moliyalashtiriladigan davlat pensiya tizimlarida bir muncha ortiqcha mablag’lar hosil bo’ladi. Davlat pensiya zahirasi fondlari aholining umr ko’rish yoshi ortib borishi hisobiga davlat xarajatlariga tushadigan og’irlikni engillashtirishda ba’zi davlat pensiya tizimlarining kelajakda moliyalashtirilishida asosiy rolni o’ynashi kutiladi.
Ba’zi mamlakatlar, xususan, Fransiya va Ispaniya ijtimoiy ta’minot taqchilligini qoplash uchun jamg’armalarning bir qanchasini to’xtatishni boshlaganligiga qaramay aktivlarning bunday to’planishining ortib borishi yaqin yillarda davom etadi. Fransiya Pensiya zahirasi fondi va Irlandiya Milliy pensiya zahira fondi “Pay-as-you go” pensiya rejasini moliyalashtirishni o’zining vakolat doirasidan chiqargach, ular bundan buyon davlat pensiya zahirasi fondlari hisoblanmaydi.
Germaniyada davlat pensiya ta’minotida olib borilgan islohotlarda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi24:
Birinchidan, pensiya ta’minoti to’lovining miqdori mehnat faoliyati davomida pensiya sug’urtasi fondiga to’langan badallar hajmi va uning davomiylik muddatiga proportsional bog’liq bo’lishi lozim. Ushbu tamoyil ekvivalentlik tamoyilini o’zida ifoda etdi.
Ikkinchidan, pensiya ta’minoti to’lovlari miqdori mamlakatda o’rtacha ish haqi hajmining oshishi bilan bog’liq tarzda o’zgartirilishi. Bu bilan esa, ish haqiga nisbatan mavjud bo’lgan barcha soliqlarni hamda ijtimoiy sug’urta fondiga badallarni hisobga olgan holda pensiya to’lovlarining barqaror tendentsiyasi ta’minlandi.
Uchinchidan, pensiya to’lovlari ijtimoiy sug’urta fondi va davlat byudjetining imkoniyatlaridan kelib chiqib, pensionerning mehnat faoliyati davridagi qo’shgan ulushiga ko’ra jamiyatdagi yashash mezonlarini ta’minlashi zarur. Bu esa, o’z navbatida, hayotning yashash minimumi barqarorligiga shart-sharoitlari yaratib beradi.


Jahon mamlakatlarida pensiya fondlari daromadlari tizimi bir qancha iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali tahli etiladi. Jumladan, ma’lum bir pensiya fondiga ishlovchilar va ish beruvchilar tomonidan to’lanadigan “Majburiy pensiya badallari” stavkalari. 2014-yilda majburiy ijtimoiy sug’urta badallari stavkalari IHTTning 13 ta mamlakatida ish beruvchilar va ishlovchilar uchun xususiy sektorda o’rtacha oylik ish haqining 24 foizi qilib belgilangan. IHTTning qolgan 21 ta a’zosi uchun esa o’rtacha 18 foizni tashki etgan.
.

Ba’zi hollarda, pensiya badallari daromadlari turli ijtimoiy ta’minot dasturlariga taqsimlash orqali badallar stavkasi uchun bir xil proportsiyalarda hisoblab chiqariladi. Jami badal odamlarning o’zining badal to’lovlari hisobidan iborat bo’ladi. Agar ushbu uch manbaning qiymati bu yildagi nafaqalar to’lovidan yuqori bo’lsa, pensiya aktivlarining qiymati o’sib boradi. Tarkibiy jihatdan qaraganda, investitsion daromad bu vaqtda aktivlar o’sishining yanada muhim omili bo’lib xizmat qiladi.




Ba’zi hollarda, pensiya badallari tushumlari turli ijtimoiy ta’minot dasturlari o’rtasida badallar stavklariga bir xil nisbatlarda taqsimlanadi. Jami badallar o’z-o’zini ish bilan ta’minlaydigan ishlovchilar uchun to’lovlarni o’z ichiga oladi.
Pensiya fondi pensiya to’lovlarini moliyalashtirish maqsadida pensiya rejasi badallari orqali shakllantiriladigan, mustaqil huquqiy tuzilma tomonidan tartibga solinadigan mablag’lar jamg’armasidir. Pensiya fondi a’zosi pensiya fondi aktivlariga nisbatan qonuniy va foydali huquqlarga yoki boshqa ba’zi shartnomaviy da’volarga ega bo’ladi.
Davlat pensiya zahira fondlari hukumat yoki ijtimoiy ta’minot institutlari tomonidan “Pay-as-you go” mexanizmiga asosan moliyalashtiriladigan fondning amal qilmaydigan ishlovchilarning davlat pensiya tizimlarini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan zahiralardir.


Yüklə 445,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin