Kirish Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishga va kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tamoyili mamlakatimiz ichki siyosiy barqarorligi uchun o‘ta muhim shartlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Mazkur tamoyilning ahamiyati ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgani va mamlakat mustaqilligini saqlab qolishni zaruriy shartidir.
O‘zbekistonda 2017-yil jamiyatimiz hayotidagi yangilanish jarayonlari va islohotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishning mantiqiy davomi bo‘lib, iqtisodiyotimizning salohiyati, barqarorligi va mutanosibligini mustahkamlash yo‘lida, eng muhimi, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga va xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlarimizda yangi va yuksak bosqich bo‘ldi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida yangi – 2018-yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi va natijada O’zbekistonda 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. 2018-yil 22-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-sonli1 Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilinib, ushbu dasturda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Respublikamizda qabul qilingan byudjet parametrlarida qayd etilganidek, joriy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish, ko’rsatilgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, 2018-yilgi byudjet siyosati konsepsiyasida asosiy e’tibor byudjet harajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini yanada kuchaytirishga, aholini manzilli qo’llab-quvvatlashga va byudjet tashkilotlarining ish haqilari, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy to’lovlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Respublikamizda fuqarolarga davlat pensiyasini o’z vaqtida to’lash, demografik jarayonlarning ayni damda keskin tus olayotganligini, shu boisdan Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish yo’llarini ishlab chiqish muhim masala sanaladi va bitiruv mialakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.