3.2. O’zbekistonda pensiya ta’minoti tiziminining uzoq muddatli istiqbolda barqaror amalga oshirilishini ta’minlash. Uzoq muddatli istiqbolda pensionerlarning turmush darajasini amaldagi model doirasida ta’minlash mushkulroq bo’ladi. Pensiya jamg’armasining moliyaviy imkoniyatlaridan yuqori bo’lgan “talab”ning oshib ketishi natijasida davlat pensiya ta’minoti moliyaviy barqarorligining pasayishi. U bir paytning o’zida ham pensionerlarni qo’llab-quvvatlash, ham pensiya ta’minoti tizimiga aloqasi bo’lmagan aholi guruhi qashshoqligiga qarshi kurash instituti hisoblanadi. Bu ko’rinishdagi siyosat natijasida ko’plab muddatdan oldin (imtiyozli) pensiya xarajatlarining o’sishi yuzaga keladi. Shu bilan birga Pensiya jamg’armasi daromadi sezilarli hajmda norasmiy bandlik sababidan pasayib ketadi. Daromad o’sishiga qaramay, band aholining faqatgina 38 foiz qismi pensiya badalini to’lamoqdalar. Bunga sabab pensiya hajmining to’langan pensiya badali hajmiga bog’liqligi yo’qligidir. Shuning uchun, qay yo’l bilan taqsimlanmasin, ishchi ham, ish beruvchi ham oylik ish haqining rasmiy qismini minimallashtirishga harakat qiladilar.
Uzoq muddatli istiqbolda (10-15 yil) pensiya tizimida quyidagi omillar natijasida og’irlikning o’sishi kuzatiladi: a) norasmiy sektorlarda band bo’lgan hamda mehnat migrantlari hisoblangan hozirgi kundagi 40 yoshli ishchilar avlodining ommaviy pensiyaga chiqishi. Ushbu kategoriyalar pensiya badalini to’lamayotgan bo’lsalarda, belgilangan pensiya yoshiga etganlaridan so’ng (kichik miqdorda bo’lsa ham) pensiya olishga da’vo qiladilar; b) 2050-yilga borib mehnatga layoqatli yoshdan yuqori aholi qismining asta-sekin 12-15 foizgacha ko’payib borishi56.
Amaldagi pensiya ta’minoti modeliga taalluqli moliyaviy salohiyatning tushishi sharoitida soni o’sib borayotgan pensionerlar uchun munosib turmush sifatini ta’minlash zarurati pensiya ta’minoti sohasida asosiy uzoq muddatli istiqboldagi undov bo’lib xizmat qiladi.
Tanqislikning oldini olish busiz ham yuqori bo’lgan pensiya badali miqdorining o’sishi, pensiya ta’minotiga oid imtiyozlarni qisqartirish, yohud pensiya yoshini ko’tarish kabi an’anaviy chora-tadbirlarni ko’zda tutadi. Sanab o’tilgan barcha omillar salbiy natijalarga olib kelishi mumkin: a) mahsulot tannarxining ko’tarilib ketishi va iqtisodiyotda raqobatbardoshlikning kuchsizlanishi; b) korxonalarning “panaga” yoki “xyfyona iqtisodiyotga” ketishining keskinlashishi; v) aholining pensiya ta’minoti tizimi haqqoniyligiga bo’lgan ishonchsizligining o’sishi.
Jahondagi pensiya ta’minoti sohasidagi tajribalari shuni ko’rsatadiki, aholi daromadining o’sishi bilan bir qatorda, pensiya ta’minoti tizimlari davlat tizimidan individualashtirish, ya’ni jamg’arma tizimlariga qarab harakatlanmoqda. Bu kabi trend doirasida pensiya ta’minoti tizimlarining uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy bardavomiyligini takomillashtirish 3 darajali model57 yaratish orqali tavsiya qilinadi. Bunday yo’l bilan yondashish quyidagi chora-tadbirlarni ko’zda tutadi:
– inflyatsiya sur’atlaridan yuqori turuvchi past risk va daromadga ega bo’lgan hamda pensiya mablag’larini investitsiya qilish imkoniyatini beruvchi diversifikatsiyalashgan moliya bozorlari va aktivlarning mavjud bo’lishi;
– aholining to’la band bo’lishi.
Bu ikki omil hozircha O’zbekiston sharoitida, tarkibiy islohotlar jarayonining tugallanmaganligi sababli mavjud emas. Shu bilan bir paytda yaqin kelajakdagi 10-15 yil ichida pensiya ta’minotini talab qiluvchi maksimal darajadagi oqim yuzaga keladi.
Pensiya ta’minotini shakllantirishda sug’urta prinsiplarisiz pensiya ta’minoti tiziminining uzoq muddat barqaror ishlashini ta’minlash borasidagi muhokamalar hech qanday naf bermaydi. Sug’urta tamoyili asosida yotgan badallar va pensiya ta’minoti miqdori o’rtasidagi o’zaro aktuar bog’liqlik, davlatning hech bir ishtirokisiz, pensiya ta’minoti tizimini bozor taraqqiyotining davriy xarakteriga tatbiq qilish imkoniyatiga egadir. Ta’kidlash joizki, aktuar hisob-kitoblarning uslubiy asosi – bu ekvivalentlik tamoyiliga amal qilish, ya’ni sug’urta to’lovlari va ajratmalari (nafaqalar) o’rtasida o’zaro muvozanatni ta’minlash. Aktuar hisob-kitoblar – matematik va statistik uslublar tizimi hisoblanib, uning yordamida sug’urta tariflari miqdori, hajmi, har bir sug’urtalanauvchining sug’urta fondinitashkil etishdagi hissasi, moliyaviy barqarorlik va sug’urta operatsiyalarining rentabelligi aniqlanadi.