1-BOB. BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
1.1. Pensiya jamg’armasi faoliyatini tartibga solish va boshqarishda davlat siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
Demografiyaning umumiy qabul qilingan ta’rifi ushbu tushunchani aholining takror barpo bo’lishi to’g’risidagi fan sifatida talqin etadi va bu unga asos qilib olinadi. Demografik omillar aholining soni va uning ijtimoiy-demografik guruhlari alohida tarkibiy qismlari dinamikasining avlodlar almashinuvining darajasi bilan o’zaro bog’liqligini anglatadi. 1990-yilda dunyoda 60 yoshdan oshgan kishilar soni 500 million nafarni tashkil qilgan bo’lsa, tibbiyot sohasining taraqqiyoti va shu kabilar natijasida 2030-yilga kelib bu ko’rsatkich 1,4 milliard nafarni tashkil qilishi mumkin. Jahon bankining prognozlariga ko’ra, O’zbekiston aholisi 2050-yilga borib 39 millionga yetishi kutilmoqda. Mamlakatdagi o’rtacha umr davomiyligi ko’rsatkichi 68 yoshdan 72 yoshga oshadi va 65 yoshdan katta bo’lgan iqtisodiy faol aholi ulushi 4,4 foizdan 13,4 foizga etishi mumkin (1- jadval).
O’zbekistonda ushbu nisbatga yashirin iqtisodiyotda band bo’lganlar sonining
ortishi, bandlik sohasidagi holat, mehnat migratsiyasi oqimi va demografik vaziyat
jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda bog’liqlik koeffitsienti 2000-2014-yillarda
yaxshilanib bordi, jumladan, ushbu ko’rsatkich 2000-yilda 1:2,8 bo’lgan bo’lsa,
2015-yilga kelib 1:4,0 ni tashkil etdi. Band bo’lgan aholi tarkibida bor yo’g’i 8,2 million kishi – 65,5% kishi Pensiya jamg’armasiga majburiy jamg’ariladigan to’lovlarni to’lashini nazarda tutadigan bo’lsak, real nisbat 1:2,6 teng bo’ladi. Biroq, yaqin besh yillikda ikkinchi jahon urushidan keyingi qulay demografik vaziyat tufayli tug’ilganlarning pensiyaga chiqish yoshiga yetishi va 2016-yildan boshlab avval imtiyozlari bekor qilingan shaxslarning pensiyani rasmiylashtirishi tufayli odatdagi har yili pensiyaga chiquvchi shaxslarga (150 ming) nisbatan ko’p (270 ming) kishilarning murojaat qilishi kutilmoqda. Bu esa bog’liqlik koeffitsientini kritik nuqtaga yaqinlashtiradi. Pensiya jamg’armasi mablag’larining pensiya to’lash uchun etishmasligiga yashirin iqtisodiyotning mavjudligi ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Aholining umrguzaronligi, ya’ni umr davomiyligi turi iqtisodiy muammolarga sabab bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sish va uning samaradorligini saqlab qolgan holda ushbu tizimni qanday tashkil etish va boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Shuningdek, ushbu masalada qabul qilingan siyosiy va moliyaviy qarorlar va uning Pensiya jamg’armasini rivojlantirishdagi oqibati moliyaviy tizim tuzilishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Rivojlangan mamlakatlar pensiya fondlari professional darajada boshqaruv tajribalariga ega. Taraqqiy etgan davlatlarda pensiya fondlari va ularning aktivlari yirik institutsional investorlar ichida muhim o’rin egallaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyo bo’yicha Pensiya jamg’armalari aktivlari (90 foizi) uchta yirik taraqqiy etgan davlatlar qo’lida to’plangan. Bular Qo’shma shtatlar (75 foiz), Qo’shma qirollik (11 foiz) va Yaponiya (8 foiz) davlatlari hisoblanadi. Mazkur davlatlarda Pensiya jamg’armalari mablag’larini investitsiyalash taraqqiy etgan bo’lib, bu qisqa va uzoq muddatli investitsiya qo’yilmalari hisobiga Pensiya jamg’armasi aktivlarini oshirib boradi.
Pensiya jamg’armasi aktivlarini xorijiy emitentlar qimmatli qog’ozlariga joylashtirish pensiya jamg’armasi portfelining asosini tashkil qiladi. Pensiya jamg’armasi portfelini diversifikatsiya qilish, ya’ni mablag’larni turli sohalarga investitsiyalash Pensiya jamg’armasi daromadlarini oshirish imkonini beradi. Biroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda Pensiya jamg’armalari mablag’larini investitsiyalash hali uncha taraqqiy etmagan, yirik davlat pensiya fondlari o’z mablag’larini qimmatli qog’ozlarga yo’naltirmayapti. Bundan tashqari, Pensiya jamg’armasi mablag’larining qimmatli qog’ozlai bozoriga joyllashtirilgan miqdori Pensiya jamg’armasi aktivlarining 1 foizini tashkil qilishi mumkin17.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarishning yuqori organi Pensiya jamg’armasining Kuzatuv kengashi hisoblanadi. Har qanday tizimida boshqaruv bo’lgani kabi, pensiya ta’minotini boshqarishda ham boshqarish obyektlari va subyektlari mavjud bo’ladi. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish obyektlari bo’lib, turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Masalan, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar va boshqa pul jamg’armalarini tashkil qilish va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar boshqarish obyektlaridir. Bu moliyaviy munosabatlarni boshqarishga xizmat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar (moliya organlari, soliq idoralari, korxonalardagi moliyaviy xizmatlar va bo’limlar) esa moliyani boshqarish subyektlaridir. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish quyidagilarni o’z ichiga oladi (2-rasm).
Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi va har bir bo’g’inida boshqarish subyektlari bu munosabatlarga ta’sir etishning o’ziga xos maxsus usullaridan foydalanadilar. Shu bilan birga, bu usullar ma’lum umumiylikka ega bo’lgan funksional elementlardan iborat, bular: rejalashtirish, operativ boshqaruv va nazorat (3-rasm).
Pensiya jamg’armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyato’lovlarini va boshqa to’lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to’lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo’naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek, TMEXlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Davlat pensiya ta’minoti tizimini boshqarish organlari quyidagi rasmda ifodalangan.
Pensiya jamg’armasi o’z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Ushbu Jamg’arma quyi tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
– Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;
– Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari.
Kuzatuv kengashi – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarishning yuqori organidir. Pensiya jamg’armasi Kuzatuv kengashining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli qarorining 5-ilovasiga muvofiq, 2010-yil 1-yanvaridan tasdiqlangan va amalga kiritilgan.
Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadilar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat pensiya ta’minotining tashkiliy jihatdan ikki shakli mavjud bo’lib, ularning birinchisi – fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti tizimi, ikkinchisi – fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi hisoblanadi.
Fuqarolarning birdamlashgan davlat pensiya ta’minoti tizimi, ya’ni hozirgi vaqtda Pensiya jamg’armasi mustaqillik yillari mobaynida bosqichma-bosqich rivojlantirib borildi va besh bosqichda amalga oshirildi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ushbu mexanizm samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. Mazkur hujjatda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan jamg’armalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladigan qator yangiliklarni joriy etish belgilangan. Ushbu Farmonga ko’ra, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish viloyatlar, shaharlar va
tumanlarda tashkil etiladigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ayni paytda hujjatda Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha vazifalar ham yuklangan. Yangi tuzilma fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning miqdori qayta hisoblab chiqilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha tayinlangan pensiyalarga doir munosabatlarni amalga oshiradi.
O’zbekistonda pensiya tizimini tartibga solish va boshqarish ikki tizimni nazarda tutadi:
2017-yil 2-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2753-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to’lashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilingan bo’lib, 2017-yil fevral oyidan boshlab: birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni to’lash hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; ikkinchidan, 58 tog’li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to’lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi; uchinchidan, oliy o’quv yurtlari talabalariga stipendiya to’lash 50 foizdan kam bo’lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.
Fikrimizcha, ushbu qaror ijrosini ta’minlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish bilan bog’liq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning o’z pul mablag’larini o’zlariga qulay shaklda olish bo’yicha qonuniy huquqlarini to’la ta’minlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |