Iqtisodiyot



Yüklə 445,57 Kb.
səhifə10/11
tarix23.05.2022
ölçüsü445,57 Kb.
#59205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5337090953746323814

XULOSA VA TAKLIFLAR
Jahonda yuz berayotgan demografik o’zgarishlar, aholining o’sib borishi, band aholiga nisbatan keksa yoshlilarning ko’payib borayotganligi ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki pensiya xizmati darajasini ko‘tarish, buning uchun qo‘shimcha zahiralarni jalb etish, pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ishchining pensiyasini bevosita uning o‘z mehnati bilan qo‘shgan hissasiga bog‘lash hamda nodavlat pensiya tizimini shakillantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuni o’rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Pensiya jamg’armasi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlarini va boshqa to’lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to’lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo’naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlash bilan bog’liq asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Pensiya jamg’armasi o’z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2. Pensiya jamg’armasi pensiya to’lash manbai hisoblanib, uning mablag’lari fuqarolarning majburiy sug’urta ajratmalari hisobiga ham shakllantiriladi. Pensiya jamg’armasidan pensiya, nafaqa va kompensatsiyalarning o’z vaqtida va to’liq to’lanishini ta’minlash uchun uning daromad va xarajatlari muvofiqlashtirilishi zarur.
3. Hozirda davlatning eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri – aholining turmush darajasi sifatini oshirish hisoblanadi. Buning yechimi esa pensiyaga chiqqan fuqarolarning yaxshi yashashlariga imkon beradigan pensiya ta’minoti tizimini yaratish hisoblanadi. Pensiya ta’minoti tizimini tuzishdan maqsad keksa fuqarolar faqir yashamasligi uchun davlatning xayriya qilishi emas, balki inson keksayganda uning to‘kin yashashiga imkon beradigan pensiya tizimini moliyalash usulini o‘ylab topish, ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘ladi. Turli davlatlarda bu maqsadga erishish yo‘llari bir-biridan farq qiladi.
4. O‘zbekistonda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini boshqarish samaradorligini oshirish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun jahon tajribasidan foydalangan holda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha islohatlarni amalga oshirish lozim.
5. Pensiya jamg‘armasining daromadlarini shaklantirishda muhim o‘rinni yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratmalar egallaydi. Pensiya jamg’armasi daromadlari 2017-yilda 19505,1 mlrd. so’mni tashkil qilib, 2013-yilga nisbatan 1,9 martaga ortganligini ko’rish mumkin. Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida ish haqidan yagona ijtimoiy to’lov 2013-2017-yillarda o’rtacha 52,6 foizni tashkil qilgan. Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida sotilgan mahsulotlar hajmidan majburiy ajratmalar esa ushbu yillarda o’rtacha 16,4 foizni tashkil qilgan. Xulosa qilib aytganda, Pensiya jamg’armasi daromadlari tarkibida ish haqidan yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha tushumlar ulushi salmoqli o’ringa ega.
6. Pensiya ta’minoti masalasi ayniqsa XX asrning 80-yillarida murakkablashdi – aynan shu vaqtda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida pensiya tizimi islohotlari boshlandi. Ishlayotganlar (to‘laydiganlar) bilan ishlamayotganlar (pensiya oladiganlar) o‘rtasidagi farq ko‘paygani uchun taqsimlash tizimi ishlamay qoldi va bu muammo pensiya tizimini isloh qilishga majbur qildi. Pensiya ta’minotidagi farq, asosan, davlat xarajatlari hisobidan qoplanardi, ya’ni bu ham pensiya ta’minoti o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
7. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil etishda quyidagi taklif-tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
– byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari bazasini mustahkamlash hamda daromadlar va xarajatlar mutanosibligini ta’minlash maqsadida fuqarolarni pensiya sug’urtasi tizimi bilan to’la qamrab olish zarur;
– ayollar va erkaklar umr ko‘rish davomiyligi va ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lash vaqti davomiyligini hisobga olgan holda pensiya yoshi va ish stajini yahlitlash lozim (ayollar 58 yoshda 23 yillik ish staji bilan yoshga doir pensiyaga chiqadilar, ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi-o‘rtacha 75,8 yil, erkaklarda 63 yoshda 28 yillik ish staji bilan yoshga doir pensiyaga chiqadilar, ularning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi-o‘rtacha 71,1 yil);
– ish beruvchilar va ishlovchilar tomonidan to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallari o‘rtasida tafovutni qisqartirish ya’ni, ishlovchilarning hissasini bosqichma-bosqich oshirib borish. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqgan holda yagona ijtimoiy to‘lov foiz stavkasini yilma-yil kamaytirib borish, sug‘urta badallarini esa oshirib borish maqsadga muvofiqdir;
– pensiya ta’minotida imtiyozli pensiyaga chiqadiganlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish kerak va samarasiz imtiyozli pensiyalarni bekor qilish lozim;
– aholini ijtimoiy himoyalash tizimida yolg‘iz qariyalar, pensionerlar, nogironlar va ayniqsa boquvchisini yoqotgan oilalarning ijtimoiy holatiga alohida e’tibor berish va ularning pensiya hamda nafaqa miqdorlarini oshirib borish lozim;
– pensiya so’rab murojaat etayotganlarga Pensiya jamg’armasining malakali hodimlarini jalb etish, qolgan hodimlarni malakasini oshirish, ularga kasb-etika qoidalarini mukammalroq o’rgatish maqsadga muvofiqdir;
– “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning talablariga asosan pensiyani hisoblab chiqarishda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi eng kam ish haqining sakkiz barobari bilan chegaralanishini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir;
– nodavlat pensiya tizimini shakillantirish uchun qonunchilik asoslarini yaratish zarur;
– davlat pensiya ta’minotiga oid qonuniy-me’yoriy hujjatlarning ko’payib ketganligi bois hammasini bir tizimga keltirish, tegishli o’zgartirishlar kiritish orqali yangi “Pensiya kodeksi”ni ishlab chiqish kerak.


Yüklə 445,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin