“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil
315
1/2021
(№
00051)
http://iqtisodiyot.tsue.uz
daromadlarning samarali taqsimlanishi va raqamli uzilishlar bilan kurashish ko‘proq ijtimoiy
himoya choralarini va ishchilarni qutqarish uchun harakatlarni talab qiladi.
Xulosa va takliflar
Raqamli transformatsiya bugungi kunda, ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida juda
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar
iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini anglagan holda
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
• Raqamli iqtisodiyotda ilgarilab borayotgan davlatlarda qo‘llab-quvvatlashning
yanada keng qamrovli usullarini o‘rganish;
• mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish;
• raqamli iqtisodiyot uchun zarur infratuzilmani yaratish, avvalo Internetga kirish
imkoniyati cheklangan yoki umuman mavjud bo‘lmagan hududlarni tizimga ulash;
• raqamli iqtisodiyot uchun zarur mutaxassis-kadrlarni tayyorlash tizimi faoliyotini
takomillashtirish;
• hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademiya, ilmiy hamjamiyat va texnologiya sohasi
yangi echimlarni topish uchun birgalikda tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
• raqamli ishlab chiquvchilar strategiyalari va globallashuvning kelajakdagi
konturlarini qayta aniqlashtirish uchun yangi texnologiyalardan oqilona foydalanish,
sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va intellektual yetakchilikni kuchaytirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |