Iqtisodiyot va qurulish


O’zbekiston Markaziy bankining mustaqilligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/17
tarix19.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#118000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Markaziy bankning mustaqilligi

2.1 O’zbekiston Markaziy bankining mustaqilligi
O’zbekiston Markaziy bankining siyosiy mustaqilligi.

  1. Markaziy bank Raisi hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi (1ball) .

  2. Markaziy bank Raisi 5 yilga tayinlanadi (0 ball) .

  3. Boshqaruv a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi (1ball) .

  4. Boshqaruv a’zolarining vakolat muddati belgilanmagan (0ball) .

  5. Boshqaruvda hukumat vakillari ishtirok etmaydi (1 ball) .

  6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan mahqullanishi qonun hujjatlarida belgilanmagan (1 ball) .

  7. Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati Markaziy bankka majburiyat sifatida yuklanmagan (0 ball) .

  8. Markaziy bank va Hukumat o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelganda, Markaziy bankning pozitsiyasini kusaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlari mavjud emas (0 ball) .

Jami: 4 ball.
O'zbekiston Markaziy bankining iqtisodiy mustaqilligi:

  1. Hukumatning avtomatik tarzda kreditlash jarayoni mavjud emas (1 ball) .

  2. Hukumatga bozor stavkalarida kredit berish Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0 ball) .

  3. Hukumatga beriladigan kreditlar ma’lum muddatga, kredit shartnomasi asosidaberiladi (1 ball) .

  4. Markaziy bank tomonidan hukumatga beriladigan kreditlar bo‘yicha cheklovlar Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0) .

  5. Markaziy bank Hukumat qimmatli qog‘oz!ari birlamchi bozorining ishtirokchisi emas (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 25-moddasi) (1 ball) .

  6. Markaziy bank o‘zining foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi) (1 ball) .

7.Markaziy bank tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi (0 ball) .
Jami: 4 bali.
GMT indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqiilik darajasi 8 ballni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko'rsatkich o‘rta darajadagi mustaqillik darajasini anglatadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi malakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhiin o‘rin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyo-tida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko‘rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM)
A1. Markaziy hankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalarni o ‘rnatishdagi mustaqilligi:

  1. Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar barqarorligi yoki baholar barqarorligi asosiy hisoblanib, u uzoq muddatga moTjallangan monetar siyosatning vazifasi boTsa (3 ball.)

  2. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va boshqa aspektlar, masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta kursi barqarorligi hamda bank sektori barqarorligini ifodalasa (2 ball) .

  3. Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va iqtisodiy o'sish hamda ish bilan bandlik barqarorligini ifodalasa (1 ball) .

  4. Monetar siyosatning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish va ish bilan bandlik barqarorligini qisman ta'minlasa yoki baholar barqarorligini ta'minlashga imkoni yo‘q boTsa (0 ball) .

A2. Vazifalar va ko ‘rsatgichlarni belgilash mustaqilligi:

  1. Markaziy bank bir qancha ko‘rsatkichlar yoki vazifalami, masalan, valyuta kursi, pul agregatlari, foiz stavkasi yoki inflyatsiyani o‘zi o‘rnatishi (3 bail) .

  2. Markaziy bank va Hukumat birgalikda ko‘rsatkiclilar va vazifalarni, masalan, siyosiy bitim va kelishuvlar orqali belgilasa (1, 5 ball) .

  3. Hukumatning o‘zi maqsadga erishish vazifalarini belgilasa (0ball) .


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin