3. Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi xususiyatlar.
Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda dav-latning ishtiroki faktori Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko'rsatadi. Lekin, bu qaramlik ikkilamchi rol o‘ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat-ga tegishli bo‘Imasa ham, qonunchilikda maMum sharh (izoh) mavjud bo'ladi. Agar mavjud bo'lmasa davlat egri metodlardan foydalanadi.
Misol uchun, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi aktsionerlik jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko'rsatmoqda (Markaziy bankning 50% kapitali Federatsiyaga, qolgan 50% kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli) . Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huqu-qiy va jismoniy shaxslargina ulush qo'sha olish huquqiga egadirlar.
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali o'tishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari Markaziy bankning funksiya va vazifalari qonunda ko'rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig'ilishi chegaralan-gan masalalarnigina echa oladi. Albatta bu masalalar bankning iqtiso-diy siyosati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaydi.
Shunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 % davlatning ishtiroki-ko‘proq Markaziy bankning prestijiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog‘liq. Yuqoridagilami isbotiga misol tariqasida AQShning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo‘lsa-da, Nemis Federal bankining 100 % kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa 100 % a’zo-bank-larning to'liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug‘urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo'lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaram.
Yuqoridagi omilni tahliiidan ko‘rinadiki, markaziy banklaming kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir ko'rsata olmaydi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o'tish joizki, O‘zbekiston Res-publikasi Markaziy bankini ham Gennaniya, Buyuk Britaniya,
Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin, chunki bu guruhlarning kapitalining 100 % davlat mulki bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi o‘rnini ham uning mamlakat hukumati bilan bo‘ladigan munosabatidan bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklaming faoliyati Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi.Qonunda Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o‘z aksini topgan bo'lishi kerak.Chunki, Markaziy bank uchun hukumatning boshqa qonun hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun oldida ustivor emas.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil bo‘lib, bank rahbarini saylanish tartibi hisoblanadi.
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o‘rtasidagi farq faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlami kim tavsiya etishida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda (Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Shveytsariya, Avstriya) bank rahbariyatiga hukumat tavsiya etgan nomzodlami saylashadi yoki tayinlashadi.
Shu kabi sharoitlarda mamlakat Markaziy bank rahbariyati bosh-qamvida etakchi lavozimdagi shaxs katta rol o‘ynaydi.Nemis Fedcral banki rahbarligiga masalan, Frantsiya banki rahbarlariga qarama-qarshi ravishda yuqori tashkilot hisoblangan Moliya Vazirligidan kelib chiqqan xizmatchilar saylanmaydilar.Frantsiya banki raisi va uning birinchi 2-ta yordamchisi Respublika Prezidenti tomonidan maxsus dekret asosida tayinlanadi. Bu dekret Ministrlar Kengashida tasdiqlanadi. Avstriya milliy bankining umumiy yig‘ilishida bosh ken-gashga 6 a’zoni ta’sischilar saylaydilar; prezidentni, 2-ta vitse prezidentni va kengashning qolgan 5 a'zosini Moliya Vazirligi tayinlaydi. Bunda, saylanayotgan shaxs ishlashga rozilik bildirmasa yoki boshqa shaxsni nomzodini ko‘rsatsa, saylovlar tayin qilinadi, agar-saylangan shaxs vafot etsa, u holda yangi nomzodlikni Moliya Vazirligi tayinlaydi. Kengashning 6 a’zosi saylanish davrida aktsieonerlardan etarli ovoz ololmasalar, ulami ham Moliya Vazirligi o‘zi tayinlashi mumkin.
Ko'rilayotgan davlatlardan faqatgina Italiya va Gollandiyada Markaziy bankning boshqaruviga saylash uning o‘z nomzodlaridan kelib chiqadi. Biroq, bu holda ham saylanish davlat strukturalari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun bo‘yicha ishdan olish tadbiri ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko'pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Avstriya, Shveytsariya va Gollan-diyajning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari vaqtda ishdan olib bo‘lmaydi. Hukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bunga kirmaydi: Italiya, Frantsiya.
Shunday qilib, Markaziy bank boshqaruvini saylovi va ishdan olish tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv organlariga nisbatan bo‘lgan mustaqilligini namoyon etadi.
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko‘rsatuvchi uchinchi omil bo‘lib, uning qonunda ko‘rsatilgan faoliyati darajasi va maq-sadlari hisoblanadi. Bu omil bir tomondan Markaziy bank faoliyatini erkinligiga chegara qo‘ysa, boshqa tomondan, uning qonunda ko‘rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Shveyt-sariya, Frantsiya, Yaponiya, Daniya, Avstriyajda Markaziy bankning faoliyat doirasi va asosiy maqsadlari Konstitutsiyada yoki Markaziy bank haqidagi Qonun va banklar faoliyati haqidagi qonunlarda o‘z aksini topadi.
Nemis Federal bankining asosiy maqsadi va vazifalari doirasi mamlakat Konstitutsiyasida aniq belgilab qo‘yilgan. Bu milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning kafolatidir.
Nemis Federal banki haqidagi Qonunda bosh bank tizimi oldida uchta asosiy vazifa turadi:
pul muomalasini tartibga solish;
iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashni tartibga solish;
to‘lov oborotini amalga oshirish (osushchestvlenie platejnogo oborota).
Nemis Federal bankining vazifalari, maqsadlari va yo‘nalishiga yaqinroq boigan Avstriya Milliy bankini misol tariqasida keltirish mumkin. Markaziy bankning vazifasi qonunda umumlashgan holda aks etgan va ayni vaqtda uning ruxsat etilgan operatsiyalari aniq ko‘rsa-tilgandir.
Avstriya bank qonunchiligining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uning Markaziy bank qonunchiligida qatnashish huquqiga ega ckanligi hisoblanadi.
Pul-kredit sohasiga tegishli qonun loyihalarining hammasi Markaziy bankka ko‘rib chiqish uchun maduin vaqtga beriladi va uning roziligidan so‘nggina tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan.Bular:
pul muomalasini tartibga solish;
so‘mning qadrini oshirishni ta’minlash;
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazorat o‘matish;
tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha operatsiyalami amalga oshirish;
davlatning tashqi qarzini to‘lash va oltin-valyuta rezervlarini boshqarish.
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit siyosati mexanizmlarini tanlashda katta darajada mustaqillik bergan. Misol tariqasida, kreditlaming foiz stavkasini, banklarga o‘rnatilgan iqtisodiy normativlami, qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiri-ladighn operatsiyalami, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilami keltirish mumkin.
Bu borada Angliya Markaziy banki mavqei o‘zgachadir75. Uning asosiy vazifalari qonuniy tartibda ham qayd qilinmagan, shu bilan birga Moliya Vazirligiga ham bo‘ysunmaydi. Angliya Markaziy banki-ning vazifalari bu sohada milliy urf-odatlarga tayanadi, bu esa o‘z navbatida Angliya bankini tashkil topishdagi tarixiy hujjatlariga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSh, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta'rifi qonunda qayd etilmagan yoki umumiy holda ko‘rsatilgan, xolos. Shunday bo‘lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bordir. Shundan kelib chiqib, bu omilning ta'sirini faqatgina Markaziy bankning tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina ko‘rish mumkin. Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish faktori slui sababli ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Markaziy bankning mustaqilligining belgilovchi omillardan biri bo‘lib, uning pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo‘yicha qanchalik darajada o‘rnatilganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy mustaqillligiga ta'sir ko'rsatadi. Mustaqillik darajasi nisbatan past boMgan markaziy banklarga misol qilib, Frantsiya va Italiya markaziy banklarini ko‘rsatish murnkin.
Mazkur mamlakatlarda pul-kredit siyosati yo‘nalishini hukumat belgilashi Qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa hukumat ko‘rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o‘taydi. Ikkinchi jahon urushi vaqtidan boshlab Frantsiya banki Moliya Vazirligi qaramog‘idadir.Pul bozoridagi interventsiyaning tashab-buskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz frankini kursini ush-lash masalasi hamda Yevropa Flamjamiyati bozorini tashkil topishda valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham hukumat ishtirok etmoqda.
Albatta Frantsiya Markaziy banki tomonidan hukumatning pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar bo‘ldi. Masalan, 1982 yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga binoan hukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv) lar bo‘ldi va Frantsiya banki odatdagidek Moliya Vazirligi ko‘rsatmasiga bo‘ysinishga majbur bo'ldi.
Pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishini qonun bo‘yicha ko'rsatilganligi va uning darajasi kengligi omiliga keyingi mamiakatlar guruhini Buyuk Britaniya, Gollandiya, Shvetsiya va Yaponiya mamlakatlari egallaydi. Bu mamlakatlarda davlat organlarining Markaziy bank siyosatiga aralashishi, unga yo‘l-yo‘riq ko'rsatishi, uning qarorini bekor qilishi va shu kabilar Qonunda aniq belgilangan.
Angliya Markaziy banki tashkil topishda o‘zining haqiqiy mustaqilligini yo'qotgan. Davlat bilan Markaziy bank o‘rtasidagi munosabatlar 1946 yilda chiqazilgan “Angliya banki haqidagi qonun”ning 1-bo‘limining 4-bandi bilan tartibga solinadi. Shu qonunga muvofiq, Moliya Vazirligi Markaziy bank ustidan sezilarli ta'sir o'tka-zish uchun rasmiy huquqni olgan. Shu sababli, Angliya banki vazi-falami bajarishdagi mustaqilligini yo‘qotdi va u hukumat siyosatiga jiddiy qarshilik qila olmaydi.
Angliya banki ma'muriyatining fikrlari Moliya Vazirligi tomonidan tinglanadi va pul-kredit siyosati masalalarini echishda e’tiborga olinadi, biroq, Angliya bankining pul-kredit siyosati Moliya Vazirligining oddiy qarorini o‘zida aks etadi. Faqatgina Angliya banki ma’muriyati a'zolarining professionalliklari, biznes aloqalari va obro‘-e’tiborlari ularning hukumat siyosatiga nisbatan bo‘lgan musta-qilliklarini o‘zida namoyon qiladi.
Angliya banki faoliyat ko‘rsatishga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatishga ega. Daniya va Avstriya Markaziy banklari esa pul-kredit siyosati yuritishda hukumatning aralashuvidan mustaqillik darajasi bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turishadi. Bu davlatlarning qonunchiligi hukumatning Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga aralashuviga rasmiy ravishda yo‘l qo‘ymaydi, biroq, markaziy banklarni hukumatning iqtisodiy siyosatiga moslab siyosat yuritishlarini o‘zaro moslashni talab qiladi.
Avstriya Milliy banki faoliyati ustidan nazoratni Moliya Vazirligi olib boradi. Moliya vaziri bank faoliyatining qonuniyligi bo‘yicha qonun oldida javobgardir. U davlat komissari va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi, ular Bdsh Kengashning yig‘ilishlarida o‘z ovozlari bilan ishtirok etishlari mumkin hamda spravka va tushuntirish xatlarini talab qilishlari mumkin. Davlat komissari Markaziy bank Bosh Kenga-shining qarorini orqaga surishga haqqi bor, albatta agar bu qaror komissaming fikricha amal qilayotgan qonunchilikka zid kelsa.
Biroq, Markaziy bank qonunda ko‘rsatilgan faoliyatni va operatsiyalami amalga oshirsa, davlat komissari ham Moliya vaziri ham aralashishga huquqi yo‘q. Shu orqali bir tomondan, Avstriya Milliy banki mustaqilligi qonun bilan mustahkamlangan, boshqa tomondan esa, davlat organlari Markaziy bank siyosatiga bevosita rahbarni saylab va nazorat o‘rnatib ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Oxirgi to‘rtinchi guruh mamlakatlarga Germaniya va Shveytsa-riyani ajratib ko‘rsatish mumkin-ki, bu davlatlarning markaziy banklari eng mustaqil bo‘lib hisoblanadi. Bu mamlakatlar qonunchiligida davlatning Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga aralashuvi ko‘rsatilmagan. Shveytsariya Markaziy bankini hukumat iqtisodiy siyosatiga moslashishi xususida qonunchilikda qayd qilinmagan.
Germaniyada Markaziy bank siyosati mamlakat hukumatidan qonun bo‘yichamustaqil qilib belgilab qo‘yilgan. 1924 yilda Germaniyada bo‘Igan inflyatsion krizis davrida aniq bo‘ldiki, Markaziy bank faoliyatini hukumat ta’siridan chegaralash kerak. FRG emissiya bankining toiiq mustaqilligi 1948 yilda qayta tiklandi.
AQShning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis Federal banki parlamentga hisobdor emas, u o‘z faoliyati vakolatini “Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Bank bilan Federal hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar “Ne-mis Federal banki haqida”gi qonunda quyidagicha ta’riflangan: “Nemis Federal banki o‘z vazifalariga muvofiq tarzda hukumatning umumiq-tisodiy siyosatini qo‘Ilab-quwatlashga majbur. Qonunda belgilanishicha u o'z majburiyatlarini bajarishda hukumatga bo‘ysinmaydi”.
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab Nemis Federal banki o‘z siyosati oldiga bosh maqsad qilib “nemis markasini barqarorligini himoyalash va inflyatsiyaga qarshi kurash” qilib belgiladi. Bu maqsad, 1957 yilgi “Nemis Federal banki haqida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan va mustaqilligi poydevorining asosiy qismini tashkil etadi. Nemis Federal banki va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat savolining boshqa toinoni ham qiziqarlidir. Aniqrog‘i, Nemis Federal Flukumati Markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligini qanday baholaydi. Konrad Adenauer hukumatning Markaziy bankni mustaqilligiga munosabati pozitsiyasini ta'riflab: “Markaziy bankning mustaqilligi doimo ma’qul emas, lekin bu juda xotirjam qiladi” deb aytgan.7 Biroq, bunday hamjihatlik tabiiyki doimo amalda bo‘lmaydi. Ko‘pgina markaziy banklardan, shu jumladan, hukumatdan mustaqilligi bilan nom chiqazgan milliy banklardan farqli ravishda Nemis Federal banki amaliyotda o‘zining alohida mavqega ega ekanligini bir necha bor isbotladi.
Bunga misol tariqasida “qo‘shi!ish” munosabatining birinchi kunidan boshlab Nemis Federal banki tomonidan kalendar yilga pul massasini chegarasini qattiq belgilashini va unga amal qilishini, G‘arbiy va Sharqiy Germaniyani qo‘shilishidan so‘ng yangi federal erlarni rivojlantirish uchun moliyalashtirish bo‘yicha sabab bo‘lgan munozaralarga imtiyozli yondoshilmagan holda siyosat yurgizganligini keltirish mumkin.
Nemis Federal bankining o‘slia vaqtdagi prezidenti Karl Otto Pel bank islohotining boshidan boshlab uning hamma mexanizmlari yagona bank tizimini rivojlanishi yo‘nalishiga istisno va engilliklarsiz amalga oshishi uchun qat’iy turdi.
Markaziy bankning mustaqilligining beshinchi omili hukumatni kreditlashni chegaralanganligini qonunda mavjudligida namoyon bo‘ladi. Hukumatni kreditlashni chegaralash Markaziy bankning iqtiso-diy mustaqilligiga, siyosiy mustaqilligiga ham ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bu omil faqatgina Markaziy bank tomonidan hukumatni bevosita moliyalashtirish tizimini mavjud ekanligida ahamiyatlidir. Bunday tizim dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida tarqalgan. Istisno tariqasida AQSh va Buyuk Britaniyani ko‘rsatish mumkin. Chunki, bu mamlakatlarda davlat zayomlarini taqsimlanishi ochiq bozorda amalga oshiriladi.
Bu belgi bo‘yicha ko‘proq Germaniya, Avstriya va Gollandiya markaziy banklari mustaqilroqdirlar. Federatsiya hukumatining va erlar (hududiy bo‘linmalar) ni boshqaruv organlarini bevosita moliyalashtirish jmkoniyatlari masalan, Avstriya Milliy banki uchun qonun bo‘yicha chegaralangan. Bu guruhning boshqa mamlakatlari singari istisno tariqasida davlatning qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish orqaii qisqa muddatli kreditlar beriladi.
Bu belgi bo‘yicha mustaqillik darajasining ikkinchi guruhiga Yaponiya va Frantsiya Markaziy banklarini ko‘rsatish mumkin. Bu davlatlarda hukumatni kreditlash mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanadi hamda qonun bo‘yicha qat’iy mustahkamlangandir.
Xuddi shu guruhga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin. Qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagicha bayon etilgan:
“Kreditlar hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin muomalada boMadigan va olti oylik muddat ichida qiymaii to‘lanadigan qarz majburiyatlari ko‘rinishida, lasdiqlangan davi; i qimmatli qog‘ozlari garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi. Bunday qimmatli qog‘ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor stavkasi bo'yicha toManadigan daromad manbaiga ega boMadi > i Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin niuomaladagi qarz majburiyatlarini to‘lash muddatlariga muvofiq kelishi iozim.
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rlaski.i aiohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, toManadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi. Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badaliar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a'zoligidan kelib chi-quvchi boshqa toMovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli. Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”. Biroq, iqtisodiy krizis, ishlab chiqarish hajmini pasayishi hamda inflyatsiyani o'sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda Markaziy bankning byudjetni ertgilliklar bilan davlat qimmatbaho qogfozlarini chiqannasdan moliyalashtirishi davom etmoqda.O‘zbekiston bankining Moliya Vazirligini kreditlashdagi asosiy salmog‘ini (60 % atrofida) uzoq muddatli kreditlar tashkil etadi hamda bu kreditlar juda past foiz stavkasida berilishi mamlakatda inflyatsiya jarayonlarini chuqurlashishiga ko‘mak beradi. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasidagi kreditlash borasidagi o‘zaro munosabatlami jahon normasiga moslash uchun 1 yilgacha beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim. Shu holatda O‘zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda qayta taqsimlashi mumkin.
Shveytsariya, Italiya, Shvetsiya va Daniyada hukumatni kredit-lash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ulaming markaziy banklarining bu mezon bo‘yicha davlatga qattiq qaramliklarini ko‘r-satadi.
Shular orqali, tahlil qilingan beshta omil ichidan uchta asosiy (aniqrog'i: 2, 4, 5) va ikkita qo‘shimcha (1 va 3) omilni ajratish mum-kin. Markaziy bankning hukumat boshqamv organlaridan musta-qilligini belgilovchi asosiy obyektiv faktorlarga:
bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
hukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlashni chegara-langanligini mavjudligi va qat’iyligini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlatning ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo‘libhisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilganlar asosida shunday xulosa qilish mum-kinki, rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari o‘zlarini mustaqil ta’sir o‘tkaza oladigan institut sifatida ko‘rsatishlari zarur. Bu bir tomondan, ularga qonun asosida ruxsat etilgan instrumentlar yorda-mida iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarini himoyachisi sifatida maydonga chiqadi.
Shu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, mamlakat hukumati bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, uning pul-kredit tizimi va hukumat organlari o‘rtasida oddiy vositachi emasligini, balki ma'lumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi markaz ekanligini alohida ta’kidlashni istardik.
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning mustaqillik darajasi savoli hanuzgacha munozarali holatda qolmoqda. Milliy pul birligini qadrini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar faqatgina pul-kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit butun iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazadi, bu esa har qanday darajadagi iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |