Iqtisodiyot va qurulish


II BOB 2. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/17
tarix19.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#118000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Markaziy bankning mustaqilligi

II BOB
2. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni belgilovchi me’zonlar.

Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o‘rin tutadi.


Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so‘nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko‘rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’zining rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi.
Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo’nalishiga tobeligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalish (tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish mumkin. 70-yillar o’rtalaridan 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga amaliy aralashuvi natijasida jahonning ko’pgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi tasdiqlandi, markaziy banklarning obro’-e’tibori, nufuzi qsdi va bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo’ldi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo’shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin