Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Hozirgi
sharoitda umumiy oʻrta ta’lim tizimini rivojlantirish
uchun xalq ta’lim muassasalarini byudjetdan tash-
qari mablagʻlarni sarflashda mustaqilligini ta’min-
lash zarur. Byudjetdan tashqari mablagʻlarni shakl-
lantirishda aynan hissa qoʻshayotgan pedagog va
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy-texnik baza
bilan ta’minlashning imkoniyatini kengaytirish lo-
zim. Shuningdek, ularning oʻzlari ishlab topgan pul
mablagʻlarini sarflash imkoniyatlarini soddalashti-
rish va qulayliklar yaratilishi zarur. Pul mablagʻlari-
ning sarflanishi borasida koʻpgina iqtisodchi olimla-
rimiz oʻz ilmiy qarashlarini bayon etgan. Xususan,
mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.S.Bakay-
bayeva, K.Sh.Ibragimov, S.U.Mehmonov, A.A.Ostono-
kulovning dissertatsiya va monografiyalarida byud-
jet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlar
hisobi, pul mablagʻlarining sarflanishi va nazorati
ilmiy jihatdan tadqiq etilgan [5].
Xususan, A.A.Ostonokulovning oʻz ilmiy ishla-
rida byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xara-
jatlar faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib, sarflash
yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tushgan mablagʻlar
belgilangan tartibda tasdiqlangan daromad va xara-
jatlar smetasi doirasida barcha xarajat guruhlarini
moliyalashtirishga sarflanishi ta’kidlab oʻtilgan [6].
Shu bilan birgalikda, V.Xudoyberdiyev byud-
jetdan tashqari mablagʻlarning sarflanishi borasida
hali mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayotganli-
gi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga
yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ulushini koʻpaytirish
byudjet tashkilotlari xodimlarining moddiy manfa-
atlari oshirilishiga olib kelishini ta’kidlab oʻtgan [7].
O.S.Qarshiboyev xarajatlarning har birini chu-
qur tahlil etish, ularning ustidan doimiy nazoratni