Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 236
oʻrnatish, ortiqcha va maqsadsiz sarf-xarajatlarga
yoʻl qoʻymaslik buxgalteriya
hisobining eng muhim
vazifalaridan biri ekanligini koʻrsatib oʻtgan [8].
Byudjet hisobi va hisobotining nazariy hamda
uslubiy asoslarini yaratish va uni takomillashtirish
boʻyicha bir qator xorijlik
iqtisodchi olimlar ilmiy
tadqiqotlar olib borganlar. Shu qatorda E.U.Abdiqo-
dirova, M.Rahimova, I.Arabayeva tomonidan byud-
jet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablagʻ to-
pishda va uning sarflanishida mustaqil boʻlish ham-
da oshkoralik va nazorat qilishni ta’minlash zarur,
degan xulosaga kelingan [9].
Shu qatorda O.G.Lamovskayaning ilmiy tadqi-
qot ishlarida byudjet
tashkilotlarida byudjetdan
tashqari mablagʻlarning sarflanishi va nazorat qilish
boʻyicha muammolar koʻrsatilgan hamda mablagʻ-
ning sarflanishi va nazoratni amalga oshirish boʻyi-
cha metodologik tavsiyalar berilgan [10].
Richard Allen va Dimitar Radev: “Davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi kassa
usulida amalga oshirilishi mablagʻlarni samarali va
maqsadli sarflash hamda
ularning nazoratini olib
borishga yordam beradi”, − deb ta’kidlaganlar [11].
Tatyana Veinbender tomonidan byudjet tash-
kilotlarida byudjetdan tashqari mablagʻlardan foy-
dalanishning oʻziga xos xususiyatlari byudjetdan
tashqari mablagʻlarning manbalari boʻyicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda
byudjetdan tashqari mab-
lagʻlar tushumi hamda ularning hisobiga xarajatlar-
ning byudjet tasnifi asosida aks ettirilishi koʻrsatib
oʻtilgan [12].
Olimlarning izlanishlari aynan byudjet tashki-
lotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga
bagʻishlangan, ammo xalq ta’limi tizimi muassasala-
rida byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobi batafsil
oʻrganilmagan. Hozirda yoshlarning ta’limga boʻlgan
ehtiyojining ortishi, xalq ta’limi tizimida infratuzil-
mani yaxshilash uchun
ham mazkur mavzuda izla-
nish olib borish dolzarb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: