Tadqiqot metodologiyasi. Xalq ta’limi tizimi
muassasalarida byudjetdan tashqari mablagʻlar hi-
sobini tashkil etish va mablagʻlarni sarflashning
oʻziga xos jihatlari, normativ-huquqiy hujjatlar ta-
lablari va byudjet hisobi standartlari talablarini hi-
sobga olgan holda tizimli tahlil, analiz, sintez, taq-
qoslash va boshqa bir qancha tadqiqot usullaridan
foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Byudjet tashkilotlari
byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari boʻyi-
cha sarflarni qonun hujjatlariga, tashkilotning qo-
nun hujjatlarida belgilangan byudjetdan tashqari
mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari hamda
xarajatlar iqtisodiy tasnifi boʻyicha amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablagʻ bilan
ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq byudjet tashkilotini rivojlantirish
jamgʻarmasi mablagʻlari, avvalo, vaqtincha mehnat-
ga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarni va mavjud
kreditorlik qarzlarini toʻlashga 75 foizi, byudjet
tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkam-
lashga, ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy
ragʻbatlantirish tadbirlariga 25 foizi sarflanishi bel-
gilab qoʻyilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari mablagʻ
topishga undash va yaxshi ish natijalarini ragʻbat-
lantirish uchun byudjet tashkilotlari 2023-yil 1-yan-
vargacha barcha daromadlari (Oʻzbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabr-
dagi 414-sonli qarori bilan belgilangan) yuzasidan
barcha soliqlar va yigʻimlardan, shuningdek, davlat
maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan
ozod etilgan. Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini
moliyalashtirish (toʻlash) quyidagi xarajatlar negizi-
da amalga oshiriladi:
I.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar.
II.
Ish haqiga qoʻshimchalar.
III.
Kapital qoʻyilmalar (Davlat investitsiya
dasturida nazarda tutilgan aniq roʻyxatlarga muvo-
fiq).
IV. Boshqa xarajatlar.
Xalq ta’limi tizimi muassasalarida 2021-yil
27-aprel 243-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Xalq ta’li-
mi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari
jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foyda-
lanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra byudjet-
dan tashqari mablagʻlaridan tashkilotning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, bino va inshootlar-
ni, ilmiy laboratoriyalarni texnik shartlar asosida
joriy ta’mirlash va jihozlash, xalqaro ilmiy axborot
bazalari va kutubxona resurslariga ulanish, axborot-
kommunikatsiya tehnologiyalarini joriy qilish, xo-
dimlarni yetakchi milliy va jahonda eng yuqori
mingtalik reytingga kiruvchi yoki yoʻnalishlar boʻyi-
cha jahonda eng yuqori mingtalik reytingga kiruvchi
yoxud yoʻnalishlar boʻyicha jahonda eng yuqori yuz-
talik reytingga kiruvchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassa-
salariga qayta tayyorlov, malaka oshirish va ama-
liyotga yuborish orqali kadrlar ilmiy salohiyatini
oshirish, xalqaro tan olingan ilmiy jurnallarda ilmiy
tadqiqot natijalarini nashr qilish uchun sarf etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jam-
gʻarmaga koʻrsatilgan homiylik xayriyalari, agar ho-
miy bilan aniq maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi keli-
shilmagan boʻlsa, muassasa va tashkilot rahbari va
buxgalteri tomonidan xarajatlar rejasiga oʻzgarti-
rish tayyorlanib, umumta’lim muassasasi uchun
Kuzatuv kengashi roziligi bilan boshqa xalq ta’lim
muassasasi va tashkilotlar uchun rahbar tomonidan
xalq ta’limi muassasasi va tashkiloti xarajatlariga
sarflanadi. Shuningdek, “Xalq ta’limi vazirligi tizimi-
dagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pullik ta’-
lim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi 343-
sonli nizomga koʻra pulli taʼlim xizmatlari koʻrsa-
tishdan tushgan mablagʻlar xarajatlar turi boʻyicha
shartnoma asosida pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish