Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 237
maqsadida jalb etilgan oʻqituvchilarga toʻlanadigan
toʻlovlar, soliq va yigʻimlar, mashgʻulotlarni tashkil
etish uchun moddiy-texnik taʼminot xarajatlari
qoplangandan soʻng maktabning rahbar va pedagog
xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga
va boshqa
xarajatlarga Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan hol-
da yoʻnaltiriladi. Jamgʻarma tushumlari (maqsadli
homiylik xayriyalaridan tashqari) quyidagi tartibda
yoʻnaltiriladi:
respublika darajasidagi muassasa va tashki-
lotlar tushumlarining besh foizi Xalq taʼlimi soha-
sidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga;
hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining toʻgʻ-
ridan toʻgʻri boʻysunuvidagi muassasa va tashkilot-
lar tushumlarining besh foizi Qoraqalpogʻiston Res-
publikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq
taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi
boshqarmalarining jamgʻarmalariga;
tuman (shahar)
darajasidagi muassasa va
tashkilotlar tushumlarining ikki foizi Qoraqalpogʻis-
ton Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent
shahar xalq taʼlimi
bosh boshqarmasi, viloyatlar
xalq taʼlimi boshqarmalari jamgʻarmalariga, uch foi-
zi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi
Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarma-
lariga sarflanadi.
Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari
mablagʻlardan foydalanishning oʻziga xos xususiyat-
lari mavjud boʻlib, bular
byudjetdan tashqari mab-
lagʻlarni foydalanishda kassa usulida amalga oshi-
rish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni manbalari
boʻyicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda aks etti-
rish, byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi ham-
da ularning hisobiga xarajatlarni byudjet tasnifi as-
osida aks ettirilishidir. Byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablagʻlari yagona gʻazna hi-
sob varagʻiga
kiritilib, ular mazkur tashkilotning
hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari
xarajatlarining toʻlovi va uning kassa ijrosi gʻazna-
chilik tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlarining ijrosi kassa usulida
amalga oshirilishi mablagʻlarni samarali va maqsad-
li sarflash hamda ularning
nazoratini olib borishga
yordam beradi.
Tadqiqot obyekti hisoblangan Uchtepa tuma-
ni Xalq ta’limi boʻlimida rivojlantirish jamgʻarmasi-
da shakllangan daromadlarga nisbatan amalga oshi-
rilgan xarajatlarni 1-jadvalda koʻrib oʻtamiz.
Dostları ilə paylaş: