Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 235
IMPROVING THE ACCOUNT OF EXPENDITURE OF EXTRA-BUDGET FUNDS IN
PUBLIC EDUCATION SYSTEM INSTITUTIONS
Narbekova Gulrukh Davranbaevna -
Independent Researcher,
Tashkent Financial Institute
Abstract.
This article describes the proper organization and accounting of extra-budgetary spending in institutions of
the public education system. Accounting information was used to study the problems related to the spending of funds in
institutions of the public education system and to form analytical information on expenditures on extra-budgetary funds. This, in
turn, requires the research of methodological bases related to the calculation of extra-budgetary funds and their spending in
institutions of the public education system, as well as the identification of existing problematic situations and the development of
proposals for their solution.
Key words:
non-budgetary savings, income, actual costs, cash costs, cash, analytical information.
Kirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda eng
asosiy masala byudjet tashkilotlarida byudjetdan
moliyalashtirishni qisqartirish, byudjetdan tashqari
mablagʻlarni shakllantirish orqali qoʻshimcha mo-
liyalashtirish manbalarini yaratishdir.
Ayrim xara-
jatlarni moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari
mablagʻlardan foydalaniladi, ya’ni bular davlat
byudjeti mablagʻlari emas, balki boshqa manbalar
hisobidan tashkil etiladigan mablagʻlardir. Ayni
vaqtda mamlakatimizda 10764 ta xalq ta’limi tizimi
muassasalari mavjud boʻlib, 2022-yilda
ularni
moliyalashtirish maqsadida Davlat byudjetidan
30823,4 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi va bundan
2021-yilga nisbatan umumiy oʻrta ta’lim xarajatlari
1,18 barobarga ortganligini koʻrishimiz mumkin [1].
Hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda,
xalq ta’limi tizimi muassasalarida faoliyat turiga xos
mahsulot(ish,xizmat)lar realizatsiyasi tushumini,
daromadlar va xarajatlar va boshqa mablagʻlardan
foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarni
amaliyotga qoʻllashni takomillashtirish zarur masa-
lalardan hisoblanadi. Xalq ta’limi tizimi muassasala-
ri faoliyat sohalari va yoʻnalishlaridan
kelib chiqib,
byudjetdan tashqari mablagʻlar shakllantiriladi.
Byudjetdan tashqari mablagʻlarni shakllanti-
rish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Byudjet
tashkilotlarini mablagʻ bilan ta’minlash tartibini
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra amal-
ga oshiriladi. Ushbu
qarorga muvofiq byudjetdan
tashqari mablagʻlar kreditorlik qarzlarini tugatish,
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, koʻpi bilan
25 foiz byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy hi-
moya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga
sarflanadi [2].
Xalq ta’limi tizimi muassasalarida 243, 343-
son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Xalq ta’limi
tizimidagi
tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari
mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi
toʻgʻrisida”gi va “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi
umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim
xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
koʻra byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumi
shakllantiriladi va ular
hisobiga xarajatlar amalga
oshiriladi [3], [4].
Bugungi kunda byudjet tashkilotlarida byud-
jetdan tashqari mablagʻlarning shakllanishi, ushbu
pul mablagʻlarining qonunchilikda belgilangan maq-
sadlarda sarflanish tartiblari, ularning hisobini toʻgʻ-
ri yuritish hamda nazoratini amalga oshirish boʻyi-
cha mavjud muammolarni oʻrganish hamda tako-
millashtirish muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: