Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə60/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini barchasini o‘z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, korxonalarda yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona va ommaviy bulutni etkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Odatda, bunday turdagi bulutlar mavsumiy faollik davriga ega tashkilotlarda foydalaniladi. Boshqacha ifodalaganda, ichki AT-infratuzilma joriy masalalarni echish xususiyatiga ega bo‘lmay qolishi bilan quvvatning bir qismi ommaviy bulutga tashlanadi (masalan, ishlov berilmasa korxona uchun xech qanday qiymatga ega bo‘lmaydigan katta hajmdagi statistik axborotlar), shuningdek, ommaviy bulut orqali korxona resurslariga (xususiy bulutga) foydalanuvchilar kirishini taqdim etish uchun ilmiy-amaliy asoslangan gibrid bulut mijozlardan va ikkinchi darajali to‘lovlarni olishda ham xavfsizlikni talab qiluvchi o‘ta muhim jarayonlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Hybrid cloudning asosiy kamchiligi bunday echimlarni samarali yaratish va ularni boshqarishni murakkabligi hisoblanadi. Turli manbaalardan xizmatlar olish uchun ularni yagona manbaa sifatida tashkil etilishi zarur bo‘ladi. Xususiy va ommaviy komponentlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik echimni yanada murakkablashtirib yuboradi. Bu bulutli hisoblash sohasida yangi arxitekturali konsepsiya hisoblanadi, bu model uchun yangidan-yangi amaliy tavsiya va instrumentlar paydo bo‘ladi, uni keng tarqalishi to‘liq tadqiq etilmaguncha cho‘zilib ketadi.
Amerika “Gartner” tadqiqot va konsalting kompaniyasi vitse prezidenti va etakchi analitigi Tom Bittman fikriga ko‘ra10, yuqorida sanab o‘tilgan uch turdagi tarqatish modellari orasida ayni damda biznes uchun eng dolzarb bo‘lgan texnologiya xususiy bulut hisoblanadi. T. Bittman xususiy bulut to‘g‘risida yanada aniq tasavvur olish uchun yordam beradigan beshta asosiy lahzani ajratib berdi:


  • Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni virtuallashtirish xususiy bulutli hisoblashning asosi hisoblanadi, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarish o‘z-o‘zidan xususiy bulut bo‘lib qolmaydi.

Virtuallashtirish serverlarni, desktoplar, saqlash hajmlari va boshqalarni samarali tuzilmalashtirish, birlashtirishga imkon beradi. Ammo, texnik bulut bulut hisoblanishi uchun, ya’ni, virtual mashina, ot yoki Otni bog‘lovchi konteynerlar, yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini abstaktlovchi DT, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi DT kabilardan tashkil etuvchilar bo‘lishi zarur.


“Xususiy bulut” atamasi ommaviy yoki gibbriddan farqli ravishda yagona tashkilot tomonidan foydalaniladigan resurslarga tegishli, yoki tashkilotning bulut resurslari bulutdagi boshqa komponentlardan to‘liq izolyasiya qilinganligini aniqlab beradi.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin