Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi mumkin



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə62/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut tez qayta qurishga ko‘lamlanuvchanligi va samaradorlik, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xavfsizlik tahdidlarii bartaraf qilish ustunliklariga ega. Ikkinchi tomondan, ommaviy bo‘lgan bulutli xizmatlarda vaqti bilan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi so‘zsiz ortibboradi. SHuning uchun, ba’zi xususiy bulutlar to‘laligicha ommaviylik toifasiga kirib qoladi. Xususiy bulutning ko‘plab xizmatlari esa ommaviy bulut xizmatlari va boshqa tashqi resurslardan foydalanishi hisobiga kirish imkoniyatlar ini kengaytirgan holda gibrid bulut xizmatlariga aylanib boradi.
NIST Standart va texnologiyalar milliy instituti hujjatida quyidagi tavsiflarni aniqlab bergan:
  • provayder tomonidan tizimning yuqori darajada avtomatlashtirilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyati;


  • alohida ish faoliyatini olib boorish uchun tizimining mavjudligi;


  • resurslarni samarali taqsimlanishi uchun alohida maydonlarda jamlanishi;


  • tezda ko‘lamlanuvchanligi (resurslar talablarga bog‘liq holda tezlikda cheklanmagan holda ajratiladi va chiqariladi;


  • boshqariluvchan xizmat (bulutni boshqarish tizimi resurslar ajratilishini nazorat qiladi va optimallashtiriladi).




Talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish . iste’molchiga talabga ko‘ra bir tomonlama tartibda taqdim etilayotgan hisoblash resurslariga har bir xizmat etkazib beruvchining xodimi bilan o‘zaroo hamkorligiga zaruriyat bo‘lmasdan avtomat tarzda kirish imkonining mavjudligi.
Keng tarmoqli kirish. Taqdim etilayotgan hisoblash resurslariga nozik va salohiyatli mijozlar (mobil telefon, planshet, noutbuk, ishchi stansiya va boshqalar) keng platformasi uchun standart mexanizmlari orqali tarmoq bo‘yicha kirish mumkin.
O’zbekistonda “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi poytaxtda ma’lumotlarni qayta ishlash markazini – “UzCloud” bulutli ma’lumotlar markazini ishi yo’lga qo’yilmoqda. Bu loyiha O’zbekistonda ma’lumotlarni qayta ishlashning ilk ma’lumotlar markazi bo’ldi va to’liq Huawei kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Loyiha ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash zahiralariga bo’lgan talabni qanoatlantiradi va texnik imkoniyatlarni kengaytirish sharoitlarini beradi, bundan tashqari bulutli hisoblash asosida yangi xizmatlar taklif etadi. Loyiha doirasida ActivePlatfom platformasi ishlab chiqilgan bo’lib, bulutli tijoratni boshqarishga mo’ljallangan.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining ishonchlilik darajasi Uptime Institute kvalifikatsiyasi bo’yicha Tier III xalqaro tizimiga mos keladi, ya’ni “N+1” formulasi bo’yicha bunday markazning infrastrukturasini zahiralash ta’minlanadi, bunda buzilishga nisbatan bardoshlilik 99,982% ni tashkil etadi. Loyiha amalga oshirilgan va hozirda AKTning zamonaviy xizmatlarini davlat tashkilotlariga va katta korporativ mijozlarga, bundan tashqari jismoniy shaxslarga taqdim etish ishlari olib borilmoqda. Bunday markazlarning qurilishi Buxoro va Qo’qonda qurilishi rejalashtirilgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin