Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi Amortizatsiya nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish kurinishida eskirishning qiymatdagi ifodasidir. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qiymati taxmin kilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan qiymat o‘rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashishda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMSga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMSga asosan nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bulmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan holda) muntazam asosda taksimlanishi kerak quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
hakikiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmay-digan nomoddiy aktivlar;
korxonaga tegishli bulmagan, lekin xuquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki boshqacha shartnoma (tanxr bulmagan litsenziya) bo‘yicha berilgan va balansdan taishchari hisobvaraqda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;
korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga egalik hukuki,shuningdek vaqt utishi bilan ularning iste’mol xususiyati o‘zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik huquqi;
Gudvill.
To‘g‘ri chizikli usulnomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldik usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuligabinoan amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv kancha marta ishlatilishiga yoki kancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘liq bo‘ladi.