Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə39/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

3.Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish


Xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish. YUrtimizda mustaqillik yillarida har bir yilni ma’lum bir maqsadida alohida nom bilan atash an’anasi shakllandi. SHu an’anani davom ettirgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangantantanali marosimda Prezident SH.Mirziyoev 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi. Bundan maqsad – mamlakatimizdagidemokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, fuqarolarning erkinliklari, huquqlari, munosib turmush tarzi va manfaatlarini ta’minlash, bunda davlat idoralari mas’uliyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yishda yangi, samarali vosita va usullarni joriy etish, „Inson manfaatlari — barcha narsadan ustun“ shiori ostida ish olib borish hisoblanadi. Prezident SH.Mirziyoev davlat va boshqaruv, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari faoliyatiga nisbatan ta’kidlaganidek, “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi”45.Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
PM.gov.uz portali – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2016 yil 23 dekabrga qadar Bosh vazir) virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligidan dalolatdir46.
Hukumatning virtual portali ish boshlagani, mamlakatimizning barcha hududlarida xalq qabulxonalarining ochilishi, 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi jamoatchilik nazoratini keng miqyosda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi.
Harakatlar strategiyasida Prezident SH.M.Mirziyoev ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazishi, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratik qadriyatlardan biri ekanligiga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan habardor bo‘lishi, ularning echimlarini topishda ishtirok etishi, mahalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratadi. CHunki, oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakilidir. SHuning uchun ham parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
SHu sababli, fuqarolik jamiyatining eng asosiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda, davlatni boshqarishda hukumat bilan xalq orasidagi muloqotni tashkil etish, fuqarolarni tashvishga solayotgan, muammolar tug‘dirayotgan savollarni vaqtida o‘rganish va ularni hal qilish maqsadida 2017 yilgi davlat dasturining birinchi galdagi vazifalarida samarali muloqot mexanizmlarini tashkil qilish rejalashtirildi va bir vaqtning o‘zida bu rejalar amalga oshirilmoqda.
Joylarda Xalq qabulxonalarini joriy etishning tashkiliy-amaliy, huquqiy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, fuqaro murojaatlari eng ko‘p kuzatiladigan sohalardagi byurokratik to‘siqlarni va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlanmoqda. Aholiga talab katta bo‘lgan davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha bir muassasa orqali ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. SHunga ko‘ra davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari o‘rnini kengaytirish, «Elektron hukumat» tizimini samarali rivojlantirish borasidagi choralar-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin