Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə88/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

2016 yil sentyabrdan o‘z faoliyatini Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “O‘zbekistonda kasb ta’limi imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida boshlagankasb-hunarga o‘qitish markazida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 240 nafar band bo‘lmaganlar kasbga qayta o‘qitilmoqda.


SHahrisabz shahrida tashkil etiladigan o‘quv markazining loyihalashtirish ishlari yakunlanib, qurilish ishlari boshlandi va bu markaz 2018 yilda ishga tushiriladi. Urganch va Qo‘qon shaharlarida xuddi shunday o‘quv markazlarini 2019 yilda tashkil etish bo‘yicha Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligi (KOICA) bilan kelishildi, Buxoro va Termiz shaharlarida esa 2020 yildashunday markaz tashkil etish rejalashtirilgan (10-rasm).

10-rasm. Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobidan tashkil etiladigan ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazlari

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish ham mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muhim uslubi sanaladi. Bundan maqsad – ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat. SHuning uchun ham 2017 yilda barcha shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar ishtirokida band bo‘lmagan aholi, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va migrantlar uchun 1000 dan ortiq yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilgan.




2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida o‘lkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jaxon tajribasi va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.


Ayni vaqtda zamon talabi mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyasi, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan “Xarakatlar strategiyasi”da Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini har tomonlama himoyasini tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlanmoqda.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda98
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda 2010−2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Jamiyatni demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"99gi Farmon va «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"100gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga kutarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. SHu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Joylardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek, barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uy-internatlari moddiy-texnik bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘m hajmda mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o‘z aksini topdi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek, xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan101.
Bundan tashqari, 2016 yil 26 dekabrda «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi qonun kabul qilindi.
Mazkur qonun mohiyati aholining hojatmand toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning umumiy talablari va asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek, ushbu sohada davlat va nodavlat tashkilotlarining rolini oshirish, ijtimoiy himoya sohasi tizimidagi asosiy tushunchalarni belgilashga qaratilgan bo‘lib, unda ijtimoiy xizmatlarni aniq va manzilli amalga oshirish, ehtiyojmand shaxslarga yordam ko‘rsatish, ularga boshqa fuqarolar bilan bir qatorda jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish va ularning odatiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash bo‘yicha kompleks huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limiy, tibbiy, reabilitatsion va boshqa choralarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida to‘la o‘z aksini topdi.
Dasturda keksa yoshdagi aholi ijtimoiy faolligini oshirish va ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish maqsadida 2017 yil davomida «Nuroniy» jamg‘armasi, «Mahalla» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga erishish nazarda tutildi. Mazkur tadbirlar uchun ijrochilar mablag‘lari hisobidan 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda102.
Mazkur yo‘nalishda keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, bunda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashmaqsadida 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxsga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash, 14 ming nafar xodimga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar topshirish, 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish kuzda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan 7 milliard, Kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilda mamlakatimiz hududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. SHu maqsadda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi103.
Joriy yilda Harakatlar dasturida haqiqatan ham ehtiyojmand va davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutgan holda, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda104. Bu o‘z o‘rnida ijtimoiy himoyani manzilli ravishda tashkil etish uchun huquqiy baza yaratilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi105. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun «Sog‘lom avlod uchun» fondi, «Ameri Kerz» xalqaro tashkiloti, «Resource and Policy Exchange» tashkiloti, «TOM’s SNOES» tashkilotlari (kelishuv asosida) xayriya mablag‘lari hisobidan 632 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi*. Ayniqsa,manzilli, hududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyihalarning amalga oshirilishi e’tiborga loyiqdir.
2017 yil davomida 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil etish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 18 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Birgina 2017 yilda nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg‘iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun byudjet va ijrochi mablag‘lar hisobidan 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi 2107-sonli Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1652-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmushtarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fuqarolarning dam olish, sog‘lig‘ini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzulmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, yoshlar markazlari, suzish havzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmoqda.
Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rnatilgan tartibda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 18 milliard 540,7 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Surxondaryo viloyatida 200 o‘rinli «Amudaryo sohili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; Andijon viloyatidagi «Bog‘ishamol» oromgohini rekonstruksiya qilish; Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgohini rekonstruksiya qilish; Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgohida suzish havzasini qurish106 ishlarining amalga oshirilishi, hech shubhasiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga hukumatni e’tiborining amaldagi ifodasidir.
Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi «Oqtosh» sanatoriysida, «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini qurish; Surxondaryo viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish; Namangan viloyati «CHodak» qishloq fuqarolar yig‘inida dam olish uyini qurish ishlarni amalga oshirish uchun, yil davomida Kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 17 milliard 810 million so‘m yo‘naltirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor, ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga qaratiladi.
2016 yil - “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi.
Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi107
Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi izchil islohotlar tufayli “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi umummilliy harakatga aylandi. SHu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi108. Nufuzli xalqaro institutlarning e’tirof etishicha, O‘zbekistan dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Jahon reytingida mamlakatimiz yosh avlod salomatligiga eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 10 ta davlat safidan joy oldi. Aholi genofondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbilar natijasida ayollarning o‘rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi. Onalar va go‘daklar o‘limi 3 barobar kamaydi109.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza etishga qaratilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish asosida ona va bola sog‘lig‘ini asrash bo‘yicha dunyo e’tirof etayotgan milliy model yaratildi. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, oilalarning moddiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, har tomonlama sog‘lom farzandlarni shakllantirish, ularning salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi. CHunonchi, ilk davlat mukofotlaridan biri – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilishi ham ramziy ma’no kasb etdi. Respublikamizda mustahkam oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo‘lib, kelgusida yurtimizda tinchlik-totuvlik hamda taraqqiyotga, yosh oilalarning mustahkamligiga qo‘shilgan hissa bo‘ladi.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratdi. Tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, echimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlashsohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning etakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi, shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda mamlakatimiz hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisidagi nutqida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida mavjud kamchilmiklarga to‘xtalib o‘tar ekan, Prezident SH. Mirziyoev qishloq vrachlik punktlarini isloh qilish samaradorligi pastligi, bugungi kunda ularda 2 ming 500 nafar vrach etishmasligi, bu maskanlarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va dori vositalari bilan ta’minlash darajasi juda past, diagnostika darajasi pastligi va vrachlarning malakasi etarli emasligi, tez tibbiy yordam tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Sohadagi mazkur muammolarni bartaraf etish uchun qishloq vrachlik punktlari, yuqori texnologiyalar asosidagi ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash, vrachlar va tibbiyot xodimlari malakasini ham mamlakatimizda, ham etakchi xorijiy klinikalarda oshirish bo‘yicha ta’sirchan tizim yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini tashkil etish ishlariga kelgusida jiddiy e’tibor qaratish ta’kidlandi110. Jumladan, Xarakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda111.
2017-2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi112.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur qonun loyihasini qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda odam a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek, aholining transplantatsiyaga muhtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi113.
“Harakatlar strategiyasi” doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil etiladi.Borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy holatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi114.
Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 5,8 million AQSH dollari miqdorida, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-3» loyihasi, byudjet mablag‘lari hisobidan onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish115 ko‘zda tutilmoqda.
CHaqaloqlar hamda homilador ayollardagi tug‘ma va avloddan-avlodga o‘tuvchi patologiyani erta aniqlash orqali sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun shart-sharoitlar yaratish asosida 1 625,8 ming dollar sarmoya hisobidan Respublika skrining markazida va uning hududiy filiallarida homilador ayollar hamda chaqaloqlar orasida perinatal va neonatal skrining hamda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida homilador ayollarning ommaviy, barvaqt perinatal skriningini o‘tkazish rejalashtirilmoqda116.
Bu sohada ishlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bugun sog‘liqni saqlash sohasining uzviy bo‘g‘ini sanalgan tibbiy-profilaktika xizmati jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy tizimga aylanmog‘i zarur.
Ma’lumki, mazkur bo‘g‘in mohiyatan keng jamoatchilik orasida kasallanishning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqsadda surunkali kasalliklarni, jumladan, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash tadbirlarini amalga oshirish, ko‘p tarmoqli poliklinikalarning 7-9 nafar tor soha mutaxassislari va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan xavf guruhiga mansub aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, surunkali kasalligi bor aholini yiliga 2-6 marta (bemor holatidan kelib chiqib) tizimli dispanser ko‘riklari, nikohga kiruvchi shaxslarni tibbiy ko‘riklar, 3,6 million aholini flyurografik ko‘riklar bilan qamrab olish117 ko‘zda tutilmoqda. Aholining profilaktik tadbirlar bilan qamrovini yanada kengaytirish maqsadida o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholidan surunkali kasallikka chalinganlarni jadval asosida tashkillashtiriladigan «Patronaj oyligi»da tibbiy xodimlarning faol qatnovlari amalga oshiriladi.
2017 yil Investitsiya dasturi doirasida 519 350 million so‘m miqdorida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, tug‘ruqqa yordam beruvchi va bolalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari ko‘zda tutilmoqda118.
Sog‘liqni saqlash tizimini islohqilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi119.
Ma’lumki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolalarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mamlakatimiz xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ayollar harakati hamda boshqa nufuzli tuzilmalar bilan keng hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yilda tashkil topgan mazkur tashkilot oxirgi yillarda xalqaro maydonda o‘z obro‘-e’tiborini kuchaytirdi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qo‘mita tizimining yana bir bosqich ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, o‘nlab qonunlar, saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunonchi, Asosiy Qonunimizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilab qo‘yilgani ularning davlat hamda jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bor salohiyat va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishlariga sharoit yaratmoqda. SHu bilan birga, mamlakatimiz sohaga oid turli konvensiya, bitim hamda shartnomalarga qo‘shilgan.
YUrtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pog‘onaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi.
Ayollarning 13 nafariga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, 64 nafariga “Nihol” mukofoti berilgan bo‘lsa, ular Konstitutsiyaviy sud tizimida 20 foizni, Oliy sud sohasida 14,6 foizni, ishlab chiqarish tizimida 42,8 foizni, qishloq xo‘jaligida qariyb 43 foizni, ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohasida 72,9 foizni, sog‘liqni saqlash tizimida 75,3 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, xotin-qizlar tomonidan 300 dan ortiq doktorlik, 3 mingga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan120.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 4 martda, halqaro xotin-qizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning etakchi xotin-qizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik, yullarida xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sar hisob qilib, bu boradagi dolzarbvazifalarga atroflicha to‘xtab o‘tdi. Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi121.
Ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 1500 million so‘m miqdorida mamlakatimizning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar ehtiyojmand oila ayollari elektr maishiy texnika jihozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi122.
Oilalar farovonligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida oilalarning ijtimoiy-ma’naviy holatini tizimli o‘rganishning samarali mexanizmini yaratib, amaliyotga tadbiq etish hamda aholi turmush darajasining haqiqiy ahvolini doimiy o‘rganib borish, joylardagi jamoatchilik vakillariga bu borada uslubiy ko‘maklashish, oilalardagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish borasida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi123. Bu borada oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini ko‘rsatish hamda oila institutining mavqeini oshirish maqsadida 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan «Inson va oila manfaati – jamiyat farovonligi» nomli telemarafon o‘tkaziladi124.
Hududlarda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘lish, oilalarga kirish, ularning muammolarini hal qilish, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga etmaganlarning manfaatlarini ta’minlash maqsadida etuk va mas’ul mutaxassislar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil qilib, zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi.Fuqarolarning maishiy muammo va kamchiliklari joylarda hal etiladi, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi125.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining, respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqiladi. Ushbu qaror asosida aholining muammoli masalalarini hal etishning samarali tizimi yaratiladi.
Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildan-yilga ortib bormoqda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar,ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazavor. Bu, o‘z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo‘shishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi. 
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Yigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident SH.Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi126PQ-2647 qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ushbu hujjat asosida soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 343 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qat’iy narxlarni belgilash tartibi joriy etildi. Qarorda 2017 yilning 1 yanvaridan e’tiboran chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustamalar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangani aholining barcha toifalari manfaatiga xizmat qilmoqda127.
Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi dori-darmon vositalari ro‘yxati dorixonalarning xaridorga qulay va ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yilmoqda. Tibbiyot xodimlari va dorixonalar mas’ullari uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, qarorning mohiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirilmoqda.
Pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘lig‘ini saqlash masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Harakatlar strategiyasida ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olinganligi yurtimizda "Inson manfaatlari har narsadan ulug‘" tamoyilining amalga oshirilishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.


3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu aholining hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. SHu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisiniyangi, shinam uy-joylar bilan ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo‘lmoqda.


SHu bilan birga “Republikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l -transport va muhandislik - kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarqand, Qarshi va Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi. Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil qilindi va O‘zbekiston milliy avtomagistrali barpo etildi”.128
Erishilgan yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim zaruriyatga aylanmoqda va bu O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
SHularni hisobga olib, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidaijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi vazifalarniamalga oshirish belgilab berilgan:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Ushbu ustuvor vazifalarni xal etish bo‘yicha «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirishga oid Davlat dasturida kompleks tadbirlar ishlab chiqilgan. Ularga ko‘ra, 2017 yilda aholiga qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 15000 ta arzon uy-joy quriladi. Buning uchun davlat byudjeti va aholining mablag‘lari hamda tijorat banklar kreditlari hisobidan 2121526,6 million so‘m sarflanadi. SHundan 350000 million so‘mi davlat byudjeti, 1292575,1 million so‘mi bank kreditlari va 478951,5 million so‘mi aholining badal mablag‘lari hisoblanadi.
SHuningdek, 2017 yil davomida qishloq joylarda namunaviy uy-joy massivlariga 415,3 kilometr elektr va 316,9 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari, 291 kilometr ichki yo‘llar hamda 134 ta bozor infratuzilma ob’ekti quriladi.
SHaharlarda esa joriy yilda aholining hayoti darajasi va sifatini yaxshilash uchun namunaviy loyihalar asosida191ta arzon va qulay ko‘p qavatli uy quriladi va buning uchun aholi badal mablag‘lari va banklarning 897100 million so‘m kreditlari sarflanadi.
SHu bilan 8121 ta oila arzon uy-joylar bilan ta’minlanib, aholiga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yilda 202200 million so‘m Davlat byudjeti mablag‘lari hamda 112 million dollar Xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish amalga oshiriladi hamda yangi tarmoqlar tortiladi;
b) Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit mablag‘larini jalb etish hisobidan ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.
Jahon banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlari, Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarqand shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Farg‘ona, Marg‘ilon va Jizzax shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda Toshkent viloyati Qibray va Zangiota tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, OPEK va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani qishloq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida Sirdaryo viloyatining Guliston, YAngier va SHirin shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.
Natijada aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi. Hududlarda 995,9 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 672 ta aholi punktida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Tumanlar va shaharlarning ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimlari rivojlanadi va modernizatsiya qilinadi.
Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya yo‘li bilan tozalash va zararsizlantirish tizimini yanada takomillashtiriladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarda O‘zkommunxizmat, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirok etadi va 167 300, million so‘m sarf - xarajatlar qilinadi. SHundan 99 300 million so‘mini Davlat byudjeti mablag‘lari tashkil etadi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tartibsiz ravishda to‘planadigan 1428 ta qattiq maishiy chiqindi axlatxonalari tugatiladi.
Sanitariya korxonalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, jumladan, 237 ta maxsus texnika xarid qilinadi, 94 ta garaj quriladi va chiqindilar uchun 168 ta elak qurilmalari o‘rnatiladi.
Harakatlar strategiyasiga binoan, 2017 yilda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida:
Mamlakatimiz hududlari bo‘yicha 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish va yo‘lga qo‘yish;
yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan 537 ta yangi avtobus sotib olish va qatnovga qo‘yish;
transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida hududlarda 13 ta avtostansiya qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. SHu bilan birga, Toshkent shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi.
Transport xizmat loyihalarini amalga oshirish natijasida: aholiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmati sifati oshirilib, yanada qulayliklar yaratiladi; aholiga sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishga erishiladi; transport xizmatidan olinadigan daromad hajmining 15 foizga o‘sishini ta’minlaydi.
Ushbu tadbirlar uchun 72200 million so‘m bank kreditlari, lizing va tashuvchilarning mablag‘lari, 3900 million so‘m tijorat banklari kreditlari jalb etiladi. Toshkent shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimini joriy etish uchun 35000 million so‘m tijorat banklari kreditlari sarflanadi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturiga asosan, 2017 — 2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq, 2017 yilda 5,1 ming kilometr elektr tarmoqlarini, 1040 ta transformator punktini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishga jami 445800 million so‘m mabalag‘lar xarajat qilinadi. SHundan, 132600 million so‘mi “O‘zbekenergo”, 313200 million so‘mi “O‘zsanoatqurilishbank” kredit mablag‘lari hisoblanadi. Natijada, mamlakatimiz hududidagi 2721 ta mahallada iste’molchilarning elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini oshirishga, tarmoqlarning nochor holati bilan bog‘liq o‘chishlar sonini keskin kamaytirishga erishiladi.
Harakatlar strategiyasi Davlat dasturida aholi va korxonalarga ko‘mir mahsulotlarini sotish infratuzilmasini quyidagi yo‘llar bilan yanada rivojlantirish tadbirlari ko‘zda tutilgan:

  1. «O‘zbekko‘mir» AJ distribyutorlik markazlarining 84ta ko‘mir saqlash maskanini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

  2. Har bir ko‘mir saqlash omborida briketlar miqdorini yiliga 880 ming tonna chiqarish imkonini beruvchi 84 dona ko‘mirni briketlash uskunalarini ishga tushirish;

  3. Ko‘mir konlarini ochish va ko‘mir qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hisobidan ko‘mir qazib olishni 2022 yilga kelib 11,67 mln. tonnagacha ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun «O‘zbekko‘mir» AJning mablag‘alari hamda tijorat banklarining kreditlari sarflanadi. Natijada aholining energiya ta’minoti yaxshilanadi.
2017-2018 yillarda Mamlakatimizda zamonaviy savdo infratuzilmasini yaratish hamda tumanlar va shaharlarning arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida 242 ta dehqon (oziq-ovqat) bozorini optimallashtirish va rekonstruksiya qilish io‘lari amalga oshiriladi hamda ularning hududida 40 ta zamonaviy gipermarket, 63 ta supermarket hamda 139 ta minimarket tashkil etiladi.
Ushbu tadbirlarga 200000 million so‘m tijorat banklari kreditlari hamda tadbirkorlarning investitsiya mablag‘lari sarf qilinadi. Natijada; aholiga ko‘rsatiladigan savdo xizmatlarini yaxshilashga, yangi zamonaviy savdo tashkilotlarini yaratishga hamda dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solishga erishiladi.
Harakatlar strategiyasining «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshiriladigan Davlat dasturida teatrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilangan. SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi kinematografiyasini 2017 - 2021 yillarda yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2017 yilning I va IV choragida Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda O‘zbekkino va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari ishlab chiqiladi.
Prezident qarori kinematografiya tizimining tashkiliy tuzilmasini hamda normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kinematografiya ob’ektlarining moddiy-texnik bazasi va arxiv fondini yangilash, bu sohada mahsulot sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy usullarini amalda qo‘llash imkonini beradi.
Vazirlar Mahkamasi qarorida Mamlakatimiz teatrlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish mexanizmlari asoslab beriladi.Harakatlar strategiyasida aholining dam olishi hamda zamonaviy madaniyat markazlarini tashkil etishga katta ustuvor vazifa sifatida qaralgan. Xususan, 2017 yil davomida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi «2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 178-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 100 ta markazda ta’mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash choralarini ko‘rish va ularni foydalanishga topshirish hamda 100 ta madaniyat va istirohat bog‘ini ta’mirlash va jihozlash ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, Surxondaryo viloyati hayvonot bog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida hayvonot bog‘larini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 85000 million so‘m Davlat byudjeti, mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha mablag‘lari, xayriya va investitsiya mablag‘lari sarflanadi. Tadbirlarni amalga oshirish natijasida aholining, ayniqsa, yosh avlodning o‘sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishini tashkil etishga erishiladi. SHu bilan birga, aholi madaniyatini yanada yuksaltirish, uning maroqli hordiq chiqarishiga ko‘maklashish, hududlarimizni yanada obod va farovon qilish, aholi, jumladan, yosh avlodning madaniy dam olishini ta’minlash, ularni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, uni asrab-avaylashni targ‘ib qilish imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirgan Davlat dasturining ustuvor vazifalarida “2017-2027 yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish” ko‘zda tutilgan. Ushbu ustuvor vazifani amalga oshirish bo‘yicha Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash topshirilgan. Qarorni amalga oshirish xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini yanada chuqur o‘rganish, targ‘ib qilish, boyitib borish, ishonchli muhofaza qilish ikoniyatlarini yaratadi. SHuningdek, muzeylar faoliyati takomillashadi va ularning moddiy-texnik bazasi zamon talablari asosida mustahkamlanadi.
Ana shu ustivor vazifalarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish uchun hozirgi vaqtda Moliya vazirligi huzurida “Toza suv” maxsus jamg‘armasi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi. SHuningdek, kafolatlangan va barqaror elektr quvvati etkazib berish maqsadida SHahar va qishloq aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash dasturi ishlab chiqilmoqda129
SHu bilan birga aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. Bu esa O‘zbekistonda hamma toifadagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish, ularni rivojlantirish masalalarini tizimli ravishda hal etishni ta’minlaydi.
Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarilishi natijada muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi kompleksi bilan birgalikda yangi loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq joylarida yashovchi 60-65 ming aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlashga erishiladi.
Qishloq joylarida barpo etilayotgan namunaviy massivlar aholi uchun sifatli yashash sharoitlari va qulayliklar yaratish maqsadida ichimlik suvi, elektr
va tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yo‘llar va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan ta’minlanadi.
YUqorida bayon qilingan barcha chora tadbirlar mamlakatimizda inson manfaatlarini ruyobga chiqarishda qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin