Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə93/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar.O‘zbekistonda oliy ta’limi muassasalari soni - 60 ta, OTM filiallari – 11 ta, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari – 7 tani tashkil etadi.
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarimizda 260 ming nafardan ziyod talaba hayotning o‘zi talab etayotgan 850 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim olishmoqda.135
Birgina 2016 yilning o‘zida oliy ta’lim tizimi rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 10 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
14-rasm
Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim tizimini xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan qator farmon va qarorlarning qabul qilinishi yoshlarimizning jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim standartlariga to‘la mos kelgan bilimlarni egallashlariga, ularning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1533 sonli Qarori bo‘yicha
2011-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. 2016 yilda 13 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, Farg‘ona politexnika institutidagi qurilish va rekonstruksiya ishlarida 355 milliard so‘mlik ishlar bajarildi. SHuningdek, Toshkent davlat stomatologiya instituti binolari, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti filiallarining yangi o‘quv korpuslari qurildi”.
2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha dasturi:
1) o‘quv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar-joylarini qurib, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxatini o‘z ichiga oldi;
2) oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari o‘z ro‘yxatiga ega;
2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi. Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti, O‘zbekiston Milliy universitetida yangi o‘quv binolari barpo etildi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2 ming 200 talabaga mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv korpusi, sport majmuasi, shuningdek, o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun mehmonxona barpo etildi. Navoiy davlat konchilik institutida yangi o‘quv binosi qurildi. 2014 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti, Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus shaharlarida Toshkent davlat stomatologiya instituti filiallari ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi «YUridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1990-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»giPQ-1602-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi341-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi qarori asosida Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatdosh, mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. SHuningdek, modul alohida o‘quv fani bo‘lib, o‘zida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini o‘rganishi natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.136
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasutrini ishlab chiqish” bilan bog‘liq Prezident qarori loyihasinatijasida:
1) akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda:
- o‘quv jarayonini tashkil etish;
- pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqischma-bosqich rivojlantiriladi.
2) milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi.
- Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish;
- o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga qo‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish.2016 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etilganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim axamiyatga ega. Bugun jahonning etakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda.Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda.Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.137
Prezidentimiz Farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustaxkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama kuchaytirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish kabi qator muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Agar iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, bu yuksalish zamirida ilm-fani tubdan rivojlantirish turganiga guvoh bo‘lamiz. Misol uchun, YAponiyani olaylik. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng “Kunchiqar yurt” judayam og‘ir axvolga tushib qolgan edi. O‘sha vaqtda bu o‘lkada asosiy e’tibor insonning boshini “to‘ydirish”, ya’ni unga kuchli bilim berishga qaratildi. Natijada ilm-fan tarqqiyotiga ajratilgan sarmoya bugungi kungacha o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatib kelyapti. Bugun ilf-fanga qaratilayotgan e’tibor ham uzoqni ko‘ra bilish,yorug kelajak sari tashlangan qadamdir.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lgan muloqotida ko‘p masalalar muhokama qilinib, taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi, ya’ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi:

  1. Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega,jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘pligi, ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim.

  2. Jahonning etakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. O‘zbek olimlari juda ham katta zaxira to‘plaganlar, uni rivojantirish zarur.

  3. YUqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash maksalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tayyorlash darkor.

  4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi,kelgusi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.

  5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi, davlat esa bu yo‘lda avvalo olimlarga suyanadi. CHunki, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya bo‘lishi - dolzarb masala.

O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy va intelektual merosini ko‘zqorachig‘idek asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an’analar hamda qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ta’kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvardagi kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida, Fanlar akademiyasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqoti davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani hal etish lozimligini bayon etdi:

  1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart.

  2. Akademiklarni xar taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.

2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam oylik ish haqining
10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik ganorar belgilanadi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida har yili bepul sog‘lomlashtirish kursidan foydalanish huquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiytadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilm-fan sohasida to‘planib qolgan muammolarni hal etishiga qaratilgan keng ko‘lamli aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mazkur qaror munosobati bilan zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
1. Ilmiy tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi. Bu esa turli fan tarmoqlari bo‘yicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlantirib ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi;
2. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tashqiliy tuzilmasi yanada takomillashadi. Uning tarkibida fizika-matematika, texnika fanlari, kimyo-biologiyafanlari, ijtimoiy-gumanitar fan bo‘limlari, Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi tashkil etilmoqda.
3. Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston va Navoiy bo‘limlari, Xorazm Ma’mun akademiyasi raislari mavqei akademiya vitse-prezidenti darajasiga tenglashtirildi.
4. Ilmiy-tadqiqot muassalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faolitidan tushgan sof foydaning 10 foizi ajratmalari hisobidan shakllanadigan, salmoqli natijaga erishgan FA ilmiy xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.
5. O‘zbekiston Bosh vaziri rahbarligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiytexnika sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilib, uning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmoqda.
6. Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, quyidagi maqsadga yo‘naltirilmoqda:
1) ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etilmoqda;
2) olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini chet elda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini qoplaydi;
3) zamonaviy laboratoriyalarni ilmiy asbob va uskunalar bilan uzluksiz ta’minlaydi;
4) ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining jahondagi etakchi ilmiy elektron ma’lumotlar bazasidan erkin foydalanishi uchun sarflanadi;
5) yosh olimlarning etakchi xorijiy ilmiy markazlardagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtiradi.138
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida quyidagi masalalar aks ettirildi:
1) ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli sohalarda qichik innovatsion korxonalar, texnologiyalarni tashkil etish (biotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, elektronika, robottexnikasi, metallurgiya, nanotexnologiya);
2) intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtirolarga oid huquqlar va boshqalar) buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, bu sohadagi davlat nazoratini kuchaytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu farmonga muvofiq fan nomzodi va doktorlik ilmiy darajasini berish masalasi qayta ko‘rib chiqildi.
Umuman, iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlash ilm-fanning rolini kuchaytirishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning davomi bo‘lib, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.139
Umuman, xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi jahon talablari darajasida, yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumdavlat dasturlari, maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich, umumiy va maktabdan tashqari ta’lim asosida amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv yuksak taraqqiyot garovi hisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, mahalliy hokimiyatlarning etibor markazida turibdi. SHuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim mussasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantarish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin