XULOSA VA TAKLIFLAR
1. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o’zgarishlar davrida hamma narsalarni inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. Mehnat resurslari malmakat aholisining o’z ruhiy-fizilogik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko’rsatishga qodir bo’lgan mehnatga layoqatli qismidir. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi.
2. Mehnat resurslarini shakllantirish deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi. Bular mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni; uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishidagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarni ifodalaydi.
Mehnat resurslaridan foydalanish iqtisodiyotning resurslaridan biri bo’lgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yo’nalish tushuniladi: birinchidan mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan ularning mehnatidan xalq xo’jaligi va iqtisodiyotda foydalanish samaradorligidir. Bunda mehnat resurslarini taqsimlash deganda resurslarning xalq xo’jaligida ishlaydigan va ishlamaydigan qismlari tushuniladi.
3. Mehnat resurslari balansi – mehnat resurslari mavjudligini va ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiyot faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi bo’lib, ikki – resurs va taqsimot qismdan iborat. Birinchi qism mehnat resurslarining mavjudligini ularning shakllanish manbalarini tavsiflaydi.
42
Ikkinchi qismi – mehnat resurslarining iqtisodiy faol, ya’ni ish bilan ta’minlanganlar hamda ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholini va jumladan, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotganlar toifasiga kirmaydigan shaxslarni o’z ichiga olgan iqtisodiy faol bo’lmagan aholini tavsiflaydi.
4. Korxonalarda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlaridan biri mehnat unumdorligi ko’rsakichidir.
Mehnat unumdorligi – xodimlarning mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbati, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot biln belgilanadi. Jamiyatning rivojlanish va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy siyosiy tuzumni o’zini ham belgilab beradi.
5. Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan etarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga baho berishda personalning rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning sanoat – ishlab chiqarish personali o’rtacha yillik soniga nisbati katta ahamiyatga egadir. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapitalning aylanish koeffisiyentiga va harakatdagi kapitalning summasiga bog’liq bo’lganligi sababli mazkur ko’rsatkichning omilli modelini ishlab chiqdik.
6. Mehnat unumdorligini tahlil qilish jarayonida uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajalarini va shart-sharoitlarini aniqlash muhim
43
ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligi – rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichini tahlil qilish jarayonida jonli va jonsiz mehnat ko’rsatkichini tarkibini tahlil qilish lozim. Bunda jonli mehnat hissasini pasayib borishi ijobiy baholanishi kerak. Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi tovar mahsulotining mumiy miqdori, uning tarkibi, ishlab chiqarish vositalari, mehnat predmetlari kabilar bilan bog’liq bo’lib, tahlil jarayonida bu ko’rsatkichlar ham kompleks tarzda tahlil qilinishi kerak. Korxonalarda mehnat unumdorligini tahlil qilish uni oshirish bo’yicha kerakli chor-tadbirlami qo’llash maqsad qilib qo’yiladi. Korxonada mehnat unumdorligi ko’rsatkichi o’rtacha ish haqiga nisbatan doimo yuqori sur’atlarda o’sib borishi zarur.
7. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishdir. Bu bu asosan mehnatni ilmiy asosda tashkil etish asosida mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil
bajarilishi
|
zarur
|
bo’lgan
|
ishlarning
|
ayrim
|
ijrochilari
|
o’rtasida
|
to’g’ri
|
taqsimlanishiga, ya’ni ularning malakasiga, tajribaliligiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bab-barvar ta’min etilishiga bog’liqdir. Bu esa, mehnatni korxonada to’g’ri tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
8. Mehnat unumdorligi oshishi rezervlari – mehnat sarflarini tejashning (mehnat sig’imini kamaytirish va ish unumini ko’paytirishning foydadanilmagan imkoniyatlaridir.
Rezervlar fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlatiladi va yana yuzaga keladi. Miqdoran rezervlarni muayyan vaqt oralig’idagi mehnat unumdorligining erishilgan darajasi va imkoni bo’lgan eng yuqori darajasi o’rtasidagi farq deb ta’riflash mumkin.
Rezervlardan foydalanish darajasi mehnat unumdorligi darajasiga ta’sir etadi. Rezervlar har bir turini muayyan omilga nisbatan olib qarash mumkin, rezervlarning jamini esa omillar tasnifiga binoan tasniflash maqsadga muvofiq
44
bo’ladi. Bu esa, tahlil qilishda har bir omil bo’yicha isrofgarchiliklar hamda unumsiz mehnat sarflarining asosiy sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llari imkonini beradi.
45
Dostları ilə paylaş: |