Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli. Aqliy tarbiya



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə38/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
4. ДАРСЛИК

1.Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli. Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektu-al koʻnikmalar, ya’ni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv 854koʻnikmalari –oʻqish, tinglash, oʻz fi-krini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning na-tijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllanti-rish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manza-rasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni oʻrab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta’lim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda roʻy beradi.
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlamshda manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarni maktabga tayyorlash la aqliy tarbiyaning o‘rni katta. Bilimlar zaxirasini kengaytirish aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlanti­rish, maktabda yaxshi o‘qish, keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartidir.
Bola 6-7 yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga tay­yorlash uchun aqliy rivojlantirish yetarli bo‘lishini ta’minlash tarbiyachidan katta mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib boradi, boyib boradi. Nutq shaqllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usulla­rini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng mashg‘ulotlar, bilim berish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin