1.Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish. Bolalar hayotda ko‘rgan, ularga tanish bolgan buyumlar, narsa va hodisalarni kuzatish orqali ulami suhbatga o‘rgatish. Bolalar turli mavzular yuzasidan o‘tkazgan suhbatlarda hosil qilgan tushunchala- rini, taassurotlarini so‘z vositasida boshqalarga bildiradilar. «Mening o‘yinchog‘im» «Avtobusda sayr», «Bizning hovli» «O‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana uchyapmiz», «Bozorda», «Akamning kabutarlari», «Mehmonda», «Yozda», «Uy hayvonlari», «Mushuk bolalari bilan», «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi» va boshqa mavzulardagi suhbatlar jumlasiga kiradi. Ushbu mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan suhbatlarda bolalar yangi so‘zlami bilib olishadi. Suhbatlar natijasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari lozimligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmunini tushunib olishlarini, bolalar diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami tarbiyachi o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq boMishi. bolalar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich — oddiy xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlasui kerak bo'ladi.
Mashg‘ulotri boshlashdan oldin bolalarni jonlantirish, suhbat mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suhbati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan» nomli suhbatni boshlashdan avval tarbiyachi bolalarga: Kimning uyida mushugi bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvirlangan suratni olib keldim» - deb suratni ularga ko‘rinarli joyga ilib qo‘yadi va bolalar uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun 1-2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbiyachi unda tasvirlanganlar bo‘yicha savollar bera boshlaydi. Savollar bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti?