2. Badiiy asarlarni hikoya qilib berishga o’rgatish. Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarg‘a ushbu asar matni o‘qib beriladi. Hayotining ikkinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalar bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda pedagogga birgalikda hikoya qilishga yo‘naltiruvchi savollarni qo‘llash, ya’ni iboradagi so‘nggi so‘zga savol qo‘yish tavsiya etiladi: - Bir bor ekan bir.... Bir…...nima ekan? - yo‘q ekan.
Ko‘pincha pedagogga o‘z savoliga o‘zi javob berishga va bolaning ushbu javobni qaytarishiga erishishga to‘g‘ri keladi. Bolaning tarbiyachi aytayotgan iborani oxiriga yetkaza olishi uchun unga badiiy asarni necha marta o‘qish kerakligi uning nutqiy rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi,
Birinchi sanoq she’rni bola taniy boshlashi, undagi ayrim so‘zlarni yodda saqlab qolishi uchun u sanoq she’rni besh yoki o‘n marta eshitishi mumkin. Biroq bola bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda ish olib borilsa, uning yoshiga mo‘ljallangan ikkinchi sanoq she’rni u birinchisidan ancha tez o‘zlashtirib oladi. Bolalarning barchasini birdek diqqat bilan tinglayotganingizni ko'rsatishga harakat qilish zarur. Katta yoshlilar bilan suhbatda tinglash qoidalariga amal qilib, begona narsalarga chalg'imay yoki uning atrofidagi narsalarga boshdan oyoq qarab o'tirmay, faqat suhbatdoshni tinglash va diqqat qilish muhimdir. Tarbiyachi bolalarning diqqatli bo‘lishlari uchun har xil yengil o‘yinlarni ora-orada o‘ynatgani samarali hisoblanadi. Masalan, “ha, yo‘q” o‘yini. Bu savol-javob shaklida bo‘lib, bolalarni diqqatini jamlashga yordam beradi. Ularni sergaklikka chorlaydi. Bola bilan suhbat davomida muammolaringizni bir muncha vaqt unuting, o'zingizni his-tuyg'ulardan, unga nisbatan bo’lgan munosabat va u haqidagi fikrdan xalos qilishga harakat. Tinglash davomida bolangiz aytayotgan ma’lumot rost yoki yolg’on, haqiqat yoki tuxmat ekanligiga munosabatingizni ko’zlaringiz orqali ifodalang. Ular bilan suhbatlashish davomida ko’z bilan aloqa qilishni o’rgatish kelajakda ijobiy samara beradi. Bolangiz nafaqat sizni yaxshi tushunishi uchun, balki kelajakda turli davralarda bo’lganida ham tashqi unga nisbatan bo’layotgan munosabatlarni aniqlashtirib olishida ham ko’zlar va nigohlar orqali aloqa hamda munosabatlarni tushunishi o’zi uchun juda foydali bo’ladi. U insonlarni ko’zidagi ifodalari orqali dastavval tinglab oladi. Ko’zlar inson kayfiyatini, holatini, vaziyatga munosabatini ifodalovchi birinchi omillardan. Shuning uchun ham nigohlar gapirganda ba’zan tilga ehtiyoj qolmaydi. Shu o’rinda tarbiyachilarga bir tavsiyamizni aytib o’tmoqchimiz, Siz bola qabul qilayotganingizda har bir bolaning ko’ziga diqqat qiling. Nigohlaringiz to’qnashsin. Shunda ham mehr ortadi, ham qabul qilgan bolangizning kayfiyati qanday ekanligini bilib olasiz. Tushkun kayfiyatli bolaga qilish kerak bo’lgan munosabatni quvnoq kayfiyatli bola yoqtirmaydi yoki aksincha. Shuning uchun ham tarbiyachi bolani dastavval ko’ziga qarab uni tinglay olishi lozim. Ota-onalar ham bolalarini ko’zlariga qarab gapirishlari shart. Nigohlar to’nashganda har qanday tanbeh yoki erkalash ta’sirli bo’ladi. Shu bilan birga nigohlar to’qnashganda o’zaro aloqa vujudga keladi. Kimdir nigohlar bilan gapiradi, ikkinchi tomon tinglaydi.
Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish - ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaming uchta turini ko‘rsatish mumkin:
qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalami qabul qilganligi haqida hikoya);
.tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asos-
langan bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasrvvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Besh yoshli bolalarga ham tarbiyachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berish orqali qayta hikoya qilishda yordamlashishi lozim, ammo ayni paytda u mavzuni rivojlantiruvchi savollar turkumi (zanjiri)ni berishi, ya’ni hikoya qilishning oddiy rejasini tuzishi darkor. Dastlab reja bor-yo‘g‘i 2-3 ta savoldan iborat bo‘lishi mumkin. Keyinchalik esa, bolalarning voqealarni vaqg bo‘yicha izchillikda bayon qilish zaruratini o‘zlashtirishlari (bayoniy matnlar), tavsifiy matnlarni hikoya qilib berishni o‘rganishlariga qarab, bayon mavzusi murakkablashtirilib borilishi lozim.
Birinchi marta pedagog bolalar asar mohiyatini qabul qilishlari, undan estetik zavq olishlari uchun butun matnni o‘qib beradi. Uni qismlari bo‘yicha qayta aytib berish mumkin: tarbiyachi asarning tugallangan bir qismini o‘qib beradi, so‘ngra uning butun mazmunini qamrab olgan savollar turkumini beradi va bolalar ushbu parchani hikoya qilib beradilar. Ayni paytda tarbiyachi bolalarning nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri aytishlari va gap tuzishlari, balki asarlarda ishtirok etayotgan shaxslarning suhbatlarini ifodali qilib aytishlarini nazorat kilib boradi.
Har bir tarbiyachining bugungi kun tarbiyachisi oldiga qo‘yilgan zamonaviy talablarni bajara olishi avvalo davlatimiz, qolaversa maktabgacha ta’lim muassasalari oldidagi dolzarb vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishining garovi bo‘lib xizmat qiladi. Bunda tarbiyachi avvalo bolaning sog‘ligini saqlash, aqliy qobiliyatlarini o‘rganish va o‘stirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, manaviyatimizga mos e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish, Ona Vatanga muhabbat, yosh avlodga nisbatan do‘stlik, o‘rtoqlik hissini singdirish, mehnatsevarlik va halollikni tarkib toptirishi lozim.