Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Turli yosh guruhlarida bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə54/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
4. ДАРСЛИК

3. Turli yosh guruhlarida bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish. Uch yoshli bolalarga hikoya qilishda yordamlashar ekan, tarbiyachi aytib turuvchi savollardan foydalanadi. Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham atashadi. Ushbu usulning maqsadi — bolalarning alohida so‘zlarni takrorlashiga emas, balki badiiy asarning butun iboralarini takrorlashlariga erishish, ularga matnni erkin yodlab olishda ko‘maklashishdan iborat.
Hayotining to‘rtinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga hikoya qilishda tarbiyachi hikoyani yo‘naltiruvchi savollar, ba’zida esa aytib turuvchi savollar bilan osonlashtirgani holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar bilan yordam berib turadi. Agarda she’r qayta aytib berilayotgan bo‘lsa, bolalar uning tez-tez qo‘llaniladigan, oson esda saqdab qolinadigan ayrim qismlarini yoddan bilganlari ma’qul. SHunda ular tarbiyachining savollariga she’rdan sitatalar bilan javob berishlari mumkin, lekin bularni ular bilan oldindan kelishib olish lozim.
Nasriy asarlarni qayta aytib berishda ham bolalarning javoblari iloji boricha badiiy matnga yaqin bo‘lgani yaxshi. Shuning uchun tarbiyachining to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollari bolalarga nafaqat lug‘atdan, balki matn sintaksisidan ham iloji boricha to‘laroq foydalanishda yordam berishi lozim. Agarda bolalar matnni unutib qo‘ygan bo‘lsalar, tarbiyachi uni aytib turadi.
To‘rt yoshli bolalar tomonidan bayon qilish va tavsiflash tusidagi asarlarni hikoya qilishda ularga so‘zli usullar orqali yordam ko‘rsatish zarur. Bu yoshdagi bolalarga tavsiflash uchun mulohaza yuritishni bilish talab etiladigan asarlarni tanishtirish tavsiya qilinadi. Ular bilan tanishtirish, keyinroq esa qayta hikoya qilish uchun mustaqil mulohaza yuritishga tayyorlanish hisoblanadi. Bunday asarlarni hikoya qilishga o‘rgatishda real obrazlarga tayanish lozim: so‘zli usullarni didaktik o‘yin yoki real narsalarni ko‘rsatish bilan birgalikda amalga oshirish mumkin.
Bolalarni har qanday sharoitda qo’llash ota-onaning oliy mas’uliyati bo’lishi kerak. Bolasining tarbiyasiga faqat MTTni as’ul qilib qo’yish to’g’ri emas. Xuddi shunday hikoya qilishga o’rgatishda ham ota-onalarning roli bo’lishi kerak. Ular avvalo bolalarini tinglay bilishlari lozim. Pedagogikada tinglash tushunchasi juda ko‘plab texnikalarni o‘zida jamlaydi. Joiz bo‘lsa, bolalarning bir-birini tinglashi, ota-onalarning farzandlarini tinglashi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarni tinglashida qator usul va uslublar talab qilinadiki, bular faol tinglash texnikasini o‘zlashtirishda muhim sanaladi. Tarbiya oiladan boshlanadi. Shu boisdan, avvalo ota-onalardan bolani tinglashda nimalar talab qilinishi muhimdir:

  1. Bola bilan suhbat tog‘ridan-tog‘ri, nigohlar bir muddat bo‘lsa-da, ko‘rishganda yuz berishi, buning uchun esa ota-ona har qanday ishdan ma’lum muddat voz kechishi kerak bo‘ladi. Muloqot xayrixoh nigohlar orqali bo‘lishi, boshqa xonadan turib nomiga tashkil qilinmasligi kerak.

  2. Bolaning so'zlari ma'nosini hissiyotlari bilan birlashtirish kerak. Bu ota-onaga vaziyatni tushunishga yordam beradi. Bolaning ichki holatini tavsiflashda ijobiy shakl muhim rol o‘ynaydi.

  3. Bola o'z fikrlarini to'plashi va suhbatni davom ettirishi uchun pauza talab qilinadi. Bu pauzani also bo‘lmaslik kerak, balki uni ma’qullab turish talab qilinadi.

  4. Bolaning asosiy g'oyasi ota-onasi tomonidan o‘z so‘zlari orqali takrorlanishi va tasdiqlanishi shart. Bu esa bolaga ota-onasi uning so‘zlarini tushunib tinglayotganini bildiradi. O‘z o‘rnida bu suhbatning davomiyligini ta’minlaydi.

  5. Bolani qo'rquvlari, muammolari, tajribalari bilan yolg'iz qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir. Ota-ona doimo farzandining yonida ekanligini va uni qo‘llashga doim tayyorliklarini o‘z mehr-muhabbatlari ila ko‘rsatmoqliklari shart.

  6. Eng asosiysi bolaga samimiyat va e’tibor berilishi talab etiladi.

Ota-onalar bolalar bilan do‘stona munosabatda bo‘lishlari shart. Aks xolda ko‘p xatoliklar oiladan boshlanadi. Bolalar oilasida ko‘rgan tarbiyani tashqarida qo‘llaydi. Agar ota-onalar farzandlariga ishonch bildirsa, mehr bersa bu shunchaki ishonch bilan mehr bo‘libgina qolmay, ishonchning zamirida bolaning kelajakdagi komil inson bo‘lishidagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘onishiga, mehrda esa oilasi va yaqinlariga qanday bo‘lsa qolganlarga ham shunday hurmat bilan munosabatda bo‘lishlik kabi fazilatlarni sindirishda bu usul o‘z samarasini beradi.
Bolalar bilan qanday mazmunli vaqt o‘tkazish mumkin? Har kim bu savolga har xil javob beradi. Kimdir bolalar bilan ertak o‘qish deb o‘ylasa, kimdir televizor ko‘rish deb javob beradi. Bizningcha, bu fikrlar ham to‘g‘ri. Biroq bolalarga mazmunli hordiq bag‘ishlash uchun ko‘p narsa kerak emas. Shunchaki xohish bo‘lsa, bolalarning ko‘nglini topish qiyin bo‘lmaydi. Bunda ota-onalar ham bolalari bilan barobar bolalarcha o‘ynashlari kerak bo‘ladi. Doim ota-onalr o‘zlari o‘rnak bo‘lishlari lozimligini unutmasliklari kerak. Bolalar bilan o‘ynash uchun esa maxsus bolalar o‘yingohlariga borish ham shart emas. Bolalar bilan uyda birgalika o‘ynash uchun juda ham ko‘p o‘yinlar mavjud. Ayniqsa, son-sanoqsiz harakatli o‘yinlar bor. Hozir biz ota-onalar o‘zlari ijodiy fikrlab o‘yin yaratishlari mumkinligini isbotlab beramiz. Bunda bizga topishmoq janri yordam beradi. Topishmoq doim bolalarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Ota-onalar ba’zida topishmoq topishga qiynalib qolishadi. Shu vaqtlarda o‘z so‘zlari bilan bola tilida oson topishmoqlarni o‘zlari ham tuzishlari mumkin. Bu o‘rinda qofiya bo‘lishi shart emas. Bolalarning yoshiga moslab savol yaratishda ob’ektning rangi, shakli, hajmi, qiymati, harorati, bajarish vazifasi va boshqa holatlari inobatga olinib savolnomalar tuzilsa, bolalarda bunga faqat va faqat qiziqish uyg‘onadi. Aksincha, murakkab tuyulgan jumboqlar ularni tez orada zeriktirib qo‘yadi. Mana shu kabi izohlarni bola yoshiga moslab aytish mumkin. Bolalar ham bunday jumboq tuzishga qiziqib ketadilar. Bu ularning mantiqiy va ijodoy fikrlashlarini o‘stiradi.
MTT tarbiyalanuvchilariga tinglash madaniyatini o’rgatar ekanmiz, ularga avvalo o’zimiz faol tinglovchi ekanligimizni ko’rsata bilishimiz zarurligini qayta-qayta takrorlayapmiz. Xuddi shunday bolalar bilan suhbatda ularga faol tinglovchi qanday bo’lishini ko’rsata bilish uchun, avvalo o’zimiz shu o’rinishda namoyon bo’lamiz. Ya’ni:

  • Bolalar sizga gapirayotganda uni aslo gapini bo’lmaslik kerak;

  • Gapirayotgan bolaning gaplarini tushunayotganingizni va tasdiqlashingizni boshingizni qimirlatishingiz orqali ifodalashingiz unga yanada kuch beradi;

  • Nigohlaringiz, ko’z qarashlaringiz va yuz ifodasi ham bolaga ta’sir qiladi. Undan har xil ma’no o’qish mumkin;

  • Agar bola xato gapirayotgan bo’lsa ham unga tuzatish kiritayotgan vaqtingizda ehtiyotkorona, bolani maqtab, “agar bunday deganingda yanada to’liq javob bo’lar edi”- deb, bolani ruhiyatini ko’tarish kerak. Bola doim uning fikri muhim ekanligini bilib yashashi kerak;

  • Bola bilan bo’lgan suhbat davomida ora-orada savol ham berib turish foydali. Bu bolada o’ziga bo’lgan ishonchni orttiradi.

Tarbiyachilarda har qanday o‘yin turiga mos o‘yinlar ro‘yxati bo‘lishi shart. Tarbiyachi kerak bo‘lsa har kuni qaysi o‘yinni o‘ynatishini rejadagi mavzusiga mos ravishda sana qo‘yib belgilab borshi kerak. Aynan bugungi mavzuni yoritish borasida tashkil qilingan o‘yin ham bolalarga, ham tarbiyachilarga qo‘l keladi. Shu bilan birga har kuni turli xil o‘yinlarni o‘ynash bolalarni bog‘cha hayotiga mehrini kuchaytiradi.



Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin