Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə79/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
4. ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonini tashkil etish nechog’lik muhim?

  2. Bolalar nutqini rivojlanishida tevarak-atrofni bilishning ahamiyati nimada?

  3. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonini tashkil etish bilan bog’liq qanday takliflar bera olasiz?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.


16-§: BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH




REJA:

    1. Bolalarda o‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg`otish

    2. Bolalarni turli faoliyat yo`nalishlarida savodga o‘rgatishga tayyorlash

    3. Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik



Tayanch tushunchalar: Ekspressiv muloqotchanlik, Impressiv muloqotchanlik, Ijodiy-rivojlantiruvchi muhit, mini muhit, tayyorgarlik davri, savodga o‘rgatish.


1. Bolalarda o‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg`otish.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog’liq. SHu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. SHuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim, umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog’lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog’lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog’liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.
Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi.
Og’zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg’ulotlarda, asosan, bolalarning og’zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g’ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g’ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g’ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og’zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog’langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g’ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg’ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri.
Asosiy davr (Savodga tayyorlash).
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:

  1. Tovushlarni to‘g’ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.

  2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.

  3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.

  4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g’inlarga bo‘lish;
b) ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
v) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
g) tovushlardan bo‘g’inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
d) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktyabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:

      1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish;

      2. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi
        bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;

      3. Bo’g’in o’qish;

    1. Kesma harflar yordamida bo‘g’in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g’inlab o‘qishga o‘rgatish.

Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg’ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Mashg’ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg’ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg’ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg’ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar (yig’ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g’inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin