1. Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish. 1. Impressiv muloqotchanlik;
2. Nutq malakasi. Ekspressiv muloqotchanlik.
2. O‘qish va savodga tayyorgarlik ko‘rish. 1. Kitobning qadr-qimmatini tushunish;
2. O‘qish va savod malakalarini egallash.
Bu yo‘nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanayotgan o‘qish va yozish malakalari orqali muloqot qilishning belgilari rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotda bola: * Kattalar bilan muloqotga kirisha oladi;
* Kattalarning savollariga javob bera ola oladi;
* O‘z fikrini kattalarga bayon qila oladi;
* Dialogik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi;
* Istagini so‘z bilan ifodalay oladi;
* Kattalardan so‘z orqali yordam so‘raydi;
* Oilasi va tanishlari to‘g’risida hikoya qilib bera oladi:
* Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so‘zlasha oladi;
* Odob bilan muloqotga kirisha oladi;
* Muomalada nutq va imo-ishoralarni qo‘llay oladi;
* Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi;
* Kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanadi;
* Notanish kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
Tengdoshlari bilan muloqotda:
* Tengdoshlari bilan yonma-yon o‘ynay oladi;
* Tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi;
* Tengdoshlari bilan salomlasha oladi;
* Tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi;
* Olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o‘rtoqlasha oladi;
* Tengdoshlari bilan o‘yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi
* Tengdoshlari bilan muloqotda o‘z fikrini ayta oladi;
* Tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi;
* Tengdoshini so‘z orqali baholay oladi;
* Tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi;
* O‘yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi;
* Tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.
MASHG’ULOT Mavzu: «d» tovushi hamda bosh va kichik (Dd) harflari bilan tanishtirish.