«Bo‘g’inlardan so‘z tuzing» ta’limiy o‘yini uchun materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni Harf jildidan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (bo‘g’in hosil qiladi.). Bu harflarning nechta shakli bor?
Bolalar, bugun «D» tovushi va bosh va kichik «Dd» harflari bilan tanishamiz. Bosh «D» va kichik «d» ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh «D» harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (bosh shakli – bosh D harfi) Bosh «D» harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu («D») qanday harf? (bu kichik «d»harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan «Dd» harflarini nimalarda o‘qiysiz?