Isajon sultonning "alisher navoiy" romanida



Yüklə 41,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü41,68 Kb.
#175387
1   2   3
562-567 (1)

ASOSIY QISM.
Navoiyning xoslar oilasida tug’ilishi, ziyoli davrasida ulg’ayishi 
uni bolalikdanoq ilm yo’liga boshladi. Mashhadda shoir Abu Abdulloh Junaydiydan 
tahsil oladi. Junaydiy “Saltanant ishlariga xushi yo’q. Olimning, yaxshisi, sultonlar 
huzuriga bormaganidir,”
2
deyishni yoqtiradigan mudarris edi.
Ma’lumki, Alisher Navoiy Naqshbandiya tariqatining tarafdori bo’lgan. Abu 
Abdulloh Junaydiy bilan bo’lgan suhbatlarda, bahslarda Navoiyning ushbu tariqat va 
darveshlar maslagi haqidagi qarashlari ochila boradi.
2
Isajon Sulton. Alisher Navoiy. – Toshkent: Adabiyot, 2021. 101-bet 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
564 
“Biling, bo‘tam men yorug‘ olamda ellik to‘rt yil yashadim, o‘qidim-o‘rgandim, 
aqlim yegani shular bo’ldi. Dunyo hayoti bir fitnadir, unit ark etganlargina saodatga 
erishgaylar. Shuni sira yodda chiqarmang! 
– Siz ba’zi kishilarning fikrlarini jamlab shunday deb aytdingiz, biroq bu 
dunyodan yuz o‘girish darkor esa, buncha rizqlar, zavqlar, hayratlar, ta’mlar, lazzatlar, 
bo‘yo‘qlar nechun? – deb so‘radi Alisher. – qiyoslar, taqqoslar, inkorlar, zavqlar, 
hayratlar, qo‘rquvlar, xavotirlar, o‘zni unutishlar – bularning barchasi Tangri 
oshiqlarining holati emasmi? Menimcha, ularga mahliyo bo‘lgan kishi bilan olamdan 
etak silkigan kishi o‘rtasida farq bor. Darveshlar Tangri taoloning “rohiym” va “g‘ofir” 
sifatiga mushtoq bo’lib tarkidunyo qiladilar. Menimcha, uning “kariym” sifatiga oshiq 
bo‘lish kishini yanada yuksakka ko’tarur”
3
Demak, Navoiy Mashhadda tahsil olib yurgan kezlaridayoq tariqatlar, so’fiylik, 
darveshlik, Haqqa oshiqlik haqidagi qarashlarini mustahkamlab olgan edi. Abu 
Abdulloh Junaydiy bilan bo’lgan yuqoridagi suhbatdan so’ng Navoiyning 
naqshbandiya tariqati tarafdori bo’lganligini aniq payqaymiz.
Saltanat tepasiga Abu Said Mirzo kelganda zulm haddan ortiq bo‘ladi. Boshqa 
tomonda Navoiy Hirotga borib Abu Said xizmatida bo‘lishni do‘sti – Husayn Mirzoga 
xiyonat deb biladi. Chor-nochor Samarqandga cheriklikka yo‘l oladi. Taqdirning 
tuhfasi bo‘lib, Samarqandda shayx Fazlulloh Abulaysdek ilmda tengsiz bilan 
uchrashadi. Qozizoda Rumiy madrasasida turli ilmlardan tahsil oladi. Fazlulloh 
Abulaysdan olgan ilmlar asosida Navoiyning so‘fiylik, tariqatlar borasidagi qarashlari 
yanada boyiydi. Va har qanday ibodatdan, tariqatdan xalqqa xizmatda bo‘lish 
saodatmandroq ekani xulosasiga keladi. Shu yillar haqida hikoya qiluvchi “E’tiqod 
sirlari” bobida Fazlulloh Abulays xalq uchun xizmat qilishning hatto nafl ibodatidan 
afzal tomonlarini go‘zal bir tarzda tushuntirib beradi.
- Son-sanoqsiz faqr-u fano oshiqlari yashab o‘tishdi. Biroq ularning ko‘pchiligi 
o‘zlari orzu qilgan martabalarni ko‘rmadilar. Chunki zikr, muroqaba va munoqashadan 
3
Isajon Sulton. Alisher Navoiy. – Toshkent: Adabiyot, 2021. 102-bet 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
565 
ham ulug’roq bir martaba borligidan bexabar qolishdi. Shuning bilib oling: zikr va 
muroqaba, biror musulmonga yaxshilik baxsh etuvchi xizmat bo‘lmagan paytdagina 
bajariladi. Insonning ko‘nglini charog‘on etishga sabab bo‘ladigan xizmat zikr va 
muroqabadan ancha oldin keladi. nafl ibodatining natijasi va mo‘minlar muhabbatining 
hosilasi aslo bir darajada emas. Biri daryo bo‘yidagi yolg‘iz daraxt bo‘lsa, ikkinchisi 
yaxshilik ko‘rgan mo‘minlar sanog‘ichalik ulkan bir bog‘dir. Bular mening emas
Xo‘ja Ahror valiyning so‘zlaridir. U dediki: “Men bu haqiqatlarni tasavvuf 
kitoblaridan bilib olganim yo‘q, xalqqa xizmat qilib o‘rgandim!” 
4
Bu kabi mulohazalar Navoiy uchun yangilik bo‘lib, so‘fiylik haqida bunday 
izohni hali eshitmagan edi. Fazlulloh Abulays esa bir maqsad ila bunday tahsil 
berayotgan edi. Ya’ni Navoiyning ixtiyorida “behad kuchli so‘z qudrati, o‘ta teran zako 
bor” edi. Mana shu qudratni Navoiy mo‘minlar xizmatiga sarf qilishini chin dildan 
istagani bois edi bu suhbatga. 
Ilohiy ishqni kuylashda har bir shoirning o’z yo’li, ovozi, o’zgachaligi bo’ladi. 
“Ahmad Yassaviy ishqi ilohiyni rasmiy shariat doirasidan uzoqlashmagan holda sharh 
etadi. Mashrab ko‘nglidagi ishq olovi qanday bo‘lsa, uni shundayligicha she’rga 
ag‘daradi. Ollohga bo‘lgan muhabbatini ochiq izhor etadi. Navoiy esa ishqni 
mushohada qiladi, har qanday yonish-kuyishlarda ham o‘ychanlik, bosiqlik unga xos.”
5
Navoiy g’azaliyotidagi ishqqa bunday munosabat ham uning naqshbandiylik maslagini 
mahkam tutganiligidan darak beradi. 
Umuman olib qaraganda ham, Hazrat Navoiy “Dil ba yor-u, dast ba kor” qabilida 
umr kechirdi. Shoir qalbida iymonni mustahkam tutgan holatda, xalq g’ami bilan, 
jamiyat tashvishi bilan yashamoqni ixtiyor etdi. Alisher Navoiyning juda ko’plab 
baytlari bu fiklarimizning tasdig’idek yangraydi. Asarning “Hiriy isyoni” bobida 
Hirotning soliqlardan, zulmdan ezilgan qashshoq xalqi haqida hikoya qilinadi. Xalq 
g’alayon ko’taradi. A’yonlar avom ustiga qo’shin tortib, qo’zg’olonni bartaraf etish 
4
Isajon Sulton. Alisher Navoiy. – Toshkent: Adabiyot, 2021. 148-149-bet 
5
Yo’doshev Qozoqboy 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
566 
payida bo’lib turgan bir paytda Husayn Mirzo Alisher Navoiyni olomon ichiga 
yuboradi. Va Navoiy alamzada avomni bir bayt g’azali bilan tinchlantiradi, unga taskin 
beradi. Eng muhimi, Navoiy she’rni sulton nomidan sizga deb o’qiydi: 

Yüklə 41,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin