Isavr va makedon sulolasi davrida Vizantiya


Xulosa Xulosa qilib aytganda, Vizantiya imperiyasi



Yüklə 99,7 Kb.
səhifə13/13
tarix07.01.2024
ölçüsü99,7 Kb.
#206166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Isavr va makedon sulolasi davrida Vizantiya

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi (lotincha: Imperium Romanum; grekcha: Βασιλεία Ῥωμαίων) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (IV-XV asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon yarim orolining katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit orollari kirgan.


Poytaxti — Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili IV-VI asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan.
527-565-yillarda Imperator Yustinian I hukmronligi davrida maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazilgan. Markaziy davlat mustahkamlangan va kuchli armiya vujudga keltirilgan. Bu esa Yustinianga 533-534-yillarda Shimoliy Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, janubiy-sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini bergan. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va VII asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. VI asr oxiri VII asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etgan. VII asrning 70-yillarida Vizantiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasida qadimiy bulgʻorlar davlati — Bulgʻoriston barpo boʻlgan.
636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shimoliy Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar Vizantiya hududining anchagina qismini bosib oldi. VIII-IX asrlarda Vizantiya hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq X asrda yirik yer egaligi kuchayib, Vizantiya shaharlari VII-IX asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. X asr oʻrtalarida Vizantiya arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris orollarini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda Vizantiyaning taʼsiri kuchaydi. Vizantiya Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018-yil).



Yüklə 99,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin