Lirik tur janrlari.
G’azal, ruboiy, tuyuq kabi she’riy janrlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Namoyish etish, savol-javob, “Klaster”, “Blis-so’rov”, Charxpalak, kichik guruhlarda ishlash metodlari.
Haqiqiy filolog bo’lim uchun, har bir shaxs ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik ilmlarini chuqur o’zlashtirishi lozimligini, tahlilga tortilayotgan ushbu mavzu ham (nisbatlaudi) talab qiladi.
Darvoqye, stilistika predmeti deb fonetik, morfologik, sintakik va leksik birliklarni tushunsak (jumladan, fonetik stilistika nutq tovushlarining ta’sirdorlik qonuniyatlarini o’rgansa, leksik stilistika so’zni ishlatish va undan foydalanish(ekspressiv) xislatlarini o’rgatadi; grammatik stilistika esa grammatika qoidalarining qaysi birini qanday holatda qo’llashni fikrga buyoq va ohang beruvchi vosita sifatidagi fazilatlarini tekshiradi), bu birliklar nutqli turli-tuman ko’rinishlarini yuzaga chiqaradi, bu ko’rinishlar nutq stillari deb yuritiladi. Nutq stillari tilning vazifa-funksiyasi bilan bog’liqligi sababidan ular funksional stillar deb yuritiladi. Bular: 1) so’zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publisistik stil; 5) badiiy stil. Ular ichida badiiy stil inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taaluqligi, barchaga barobarligi, eng asosiysi obrazliligi (estetik ta’sir ko’rsatish) bilan ajralib turadi.1
Bu muammlning hamma tomonlarini tekshirishni kellajakdagi sa’yi harakatlarimizga – mustaqil izlanishlarimizga havola etamizda, hozircha badiiy stilning adabiyotshunoslikda stilistik figura (ibora) deb atalgan (stilistik sintaksis) vositalarini – poetik sintaksisni o’rganishga kirishamiz.
Bu vositalarning obrazliligi, emosional-ekspressivligi (hissiy-ta’sirchanligi) – ularning estetik ta’sirini voqye qiladi. Bu ta’sirni yuzaga chiqarish uchun so’z san’atkorlari tildagi gap bo’laklari tartibi qoidalaridan chekinadi, ayrim so’z, iboralarni qayta-qayta va turli-tuman o’rinlarda takrorlaydi, jonsiz narsaga jonliday murojat qiladi, poetik mazmun talabidan kelib chiqib, so’zlardan yangi so’z ijod qiladi va h.
1. Intonatsiya(lat. Intonate-qattiq talaffuz etish) – ohang – badiiy asar bilan birga tug’iladi. Uni ilg’ash – asardagi har bir so’z va gapning asosida yotgan mazmuni to’g’ri anglash uchun, albatta, uning ohangini sezish talab qilinadi. Uni sezishda asarda ishlatilgan turli tinish belgilari (nuqta, vergul, tire, so’roq, undov, qo’shnuqta, nuqtali vergul kabi), misralarning joylashishi, turoqlanishi, qofiyalanishi (she’riy asarlarda), muallif remarkalari (dramatik asarlarda) yordamga keladi. Ular ovozning pasaytirishi, ko’tarilishi, so’nishi, tez yoki sekinlashishini, turfa xil tembrini anglatadilar. Mazmun va ohang yuzaga chiqqanidagina-asarning emosional ta’siri beqiyos bo’ladi, g’oyasi ko’zlangan nuqtani zabt etadi.
Birinchi banddagi ohang – chorlashga, hazillashishga ishtiyoqni uyg’otuvchi ruhga o’rangan bo’lsa, ikkinchi banddagi ohang – zalvorli, samimiy tushuntiruvchi va yanada tasvirni zo’rayishiga imkoniyat tug’diruvchi xabar kuyini o’zida jamg’aradi. Uchinchi bandda ohang – balanlashadi, tezlashajdi va ayni paytda, yoshlikning va bosiqlikning ma’nosi-mohiyatini qayin va yenganing beg’ubor qalbini, qaroqalpoqano hazilning milliy poeziyasini ko’rsatadi.
2. Ritorik (gr.rhetor-notiq) murojat (ritorik nido, ritorik xitob, ritorik g’azab, ritorik undov va h.) – poetik figuralardan biri bo’lib, unda personajlarning quvonch, hayrat, nafrat, iltimos, buyruq kabi yuzlab hissyotlarining ko’tarinki, tantanali, kulguli, kesatiqli, g’azabli (g’oyaning talabiga mos tarzdagi) ifodasidir.
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O’shga qachon yetamiz?
Yashil bog’lar sarg’ardi,
Mag’iz bo’ldi gujumlar.
Oh, voy, muncha yo’l og’ir
Bulbulm...
Abadiyat oralab
O’shga qachon yetamiz?
Shavkat Rahmon (1950-1996)ning o’lim to’shagida aytib turib yozdirgan ushbu so’nggi she’rida orziqish, sog’inish nidosi bo’rtib ko’zga tashlanadi, “xasta bulbul”ning abadiyat oralabgina O’shga yetishini – o’lmasligini jo’mardlik bilan ifoda eta olgan. Bu shoir dahosining, inson ruhining – Shavkat Rahmon qismatining yaratuvchan qudratidir.
3. Ritorik so’roq- “poetik fikrni so’roq shaklida tasdiqlash” (N.hotamov, B.Sarimsoqov)dir, ya’ni so’roqning o’zida javob ham mujassamlashgan bo’ladi; faqat fikr yorqinlashib, terinlashib qirralarining ham oshkor etib – estetik ta’sirdorlikni yuzaga keltiradi.
Jumladan, “Naxshon”(U.Nosir)da, uning Ashotni sevib qolgani xuddi shu dilbar vosita orqali tasdiqlanadi (tasvirlanadi); to’g’rirog’i shoir mahorati tufayli u dilbar vositaga aylanadi:
Ne bu?
Nega yurak hal-hal ezildi?
Nega nega kabi
Chil-chil sindi dil?
Ne bu?
4. Antiteza(gr.antitesis-qarama-qarshi qo’yish) – tazod bo’lib, ma’no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni, tushunchalarni predmetlarda qo’llab, ta’sirchan lavhalar yaratiladi. Bir-biriga zidlikning mubolag’ali va “ko’zga ko’rinadigan” ifodasi – asardagi fikr(g’oya)ni bo’rttiradi, mohiyatini teranlashtiradi.
Masalan, “o’zbakni yurak”ning donishmand shoir Mirtemirning “Men seni...” she’ridan bir necha bayt tinglaylik:
Men seni injitmayman
Va lekin tinchitmayman...
Sarotonda sel bo’lib
Lolazor yaratgayman.
Mana shu go’zal she’rda antiteza vositasi shunchalik zarurki, faqat uning orqaligina insoniy sof tuyg’u – “mehrigiyo”ga boy go’zallikning sevgisiga sodiqlik yonadi, charx uradi, bo’zlaydi, tutiyonalanadi, zyolanadi, tovlanadi; kitobxonni mahliyo etadi.
5. Parallelizm(gr.parallelos-yonma-yon boruvchi) – ikki yoki undan ortiq hodisa, narsa, predmet kabilarni yonma-yon tasvirlash(zidlashtirish, qiyoslashtirish, muqoyasalashtirish) orqali-asardagi poetik fikr(g’oya)ni konkretlashtirish, uning ta’sirchanligini kuchaytirish vositasidir.
Mirtemirning yosh qalamkashlarga atagan “Kipriklarim” she’ri buning misoli bo’la oladi:
Kipriklarim qo’ng’irmikan yo qora?
Kipriklarim yuztamikin yo ming?
Kipriklarim muncha aziz va sara,
Ko’zginamning kipriklari...
6.Takror – ayrim so’z va iboralarning, ba’zan misralar yoki bir necha misralarning muayyan bir tartib asosida qayta-qayta qo’llanilishidir. Takrorlar asardagi poetik maqsadni ro’yobga chiqarish uchun, unga mos tarzda fikrni goh bo’rttiradi, goh kuchaytiradi, goh detalllashtiradi, goh bosh diqqatni qaratadi. Takrorlarning ko’rinishlari ko’p, hozircha ulardan ikkitasini o’rganamiz.
Apafora – she’riy misralarning yoki nasriy gaplarning boshida bir xil so’z va iboralarning, tovushlarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladi.
Olamning chirog’i – Quyosh bor bo’lsin,
Oy, yulduzlar doim unga yor bo’lsin,
Olam uzra ziyo barqaror bo’lsin,
Dostları ilə paylaş: |