Ish haqi tizimi



Yüklə 103,6 Kb.
səhifə8/8
tarix20.04.2023
ölçüsü103,6 Kb.
#101144
1   2   3   4   5   6   7   8
Ish haqi tizimi

2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan miqdorda:

  • Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo„yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug„urtasiga badallar to„lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) qarab.

3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo‘lgan miqdorda - qolgan hollarda, xodimlarning umumiy ish stajiga qarab.
Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar o„z sog„ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, jinoyat sodir etgan va ular bilan bog„liq boshqa hollarda vujudga kelganda hisoblanmaydi va to„lanmaydi.
Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko„rsatkichlari bo„yicha uchinchi guruh bo„yicha nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa summasi to„lov koeffitsiyentiga ko„ra 600 so„mni (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi.
3.Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo„lgan kalendar ish kunlari soniga ko„paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 6000 so„mni ( 600 x10) tashkil qiladi.
Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki oylik ish haqi va o„rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisob-kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.

XULOSA
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o‟rtasida unchalik katta farq yo‟qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to‟lash shakli birlamchi, ishbay haq to‟lash shakli undan paydo bo‟lgan hosila haq to‟lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to‟lash mehnat unumdorligining o‟sishini va mahsulot miqdorini ko‟paytirishni rag‟batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarishni ko‟paytirishni rag‟batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab chiqarishni belgilangan me‟yorlarini ko‟paytirish, mazkur texnika darajasi va qo‟llanilayotgan texnologiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati bo‟lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish sifatining ortishi va mahsulot ishlab chiqarishning ko‟paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy texnikaviy va texnologik o‟zgarishlar kiritgandagina mumkin bo‟lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni ko‟paytirish uchun ishbay haq to‟lash tizimini qo‟llanish oqilona hisoblanmaydi.
Bildirilgan fikrlarga ko‟ra, ko‟pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to‟lashning ishbay usulini tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi talablari buzilishiga yo‟l qo‟yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarflashda ortiqchalik hollari sodir bo‟ladi. Bu hol ko‟pincha ishchilar har turli mahsulot ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot to‟planib qolganda, sifatning yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanmaganda ro‟y beradi.
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari:
soatbay, kunbay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi.




Yüklə 103,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin