Ish haqi tizimi


Ishbay ishlovchilar uchun



Yüklə 103,6 Kb.
səhifə7/8
tarix20.04.2023
ölçüsü103,6 Kb.
#101144
1   2   3   4   5   6   7   8
Ish haqi tizimi

Ishbay ishlovchilar uchun – bajarilgan ishlarning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar ( naryadlar, ma‟lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me‟yori, ishga chiqish hisobi tabeli ( ishni kollektiv tarzda bajaruvchilar uchun).

  • Vaqtbay ishlovchilar uchunshtat jadvali, ishga chiqish hisobi tabeli

  • Mehnat ta‟tilini hisoblash uchun – buyruq, xodimning ish haqi bo„yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag„i.

  • Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo„qotganlikda beriladigan nafaqani hisoblash uchun – kasallik varaqasi, kasaba uyushma qo„mitasining qarori va xodimning ish haqi bo„yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag„i.

    Asosiy ish haqini hisoblash tartibi. Ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me‟yoriga ko„paytirish yo„li bilan topiladi. Masalan, ishchi oy maboynida 100 dona mahsulot ishlab chiqardi. Bir birlik mahsulot uchun ish haqi me‟yori –300 so„m. Ishchiga hisoblanadigan ish haqi summasi bu holda 30000 so„mni ( 100x 300) tashkil etadi.
    Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o„rtacha ish haqiga ko„paytirish yo„li bilan topiladi. Masalan, buxgalterning shtat jadvali bo„yicha maoshi –30000 so„m. Yanvar oyida u 15 kun to„liq ishladi, qolgan kunlar uchun kasallik varaqasini taqdim etdi, uning mehnat staji –4 yil, bolalarining soni –2 ta. Yanvar oyidagi kalendar ish kunlari soni –25. Buxgalterga asosiy ish haqi hisoblash uchun bir kunlik o„rtacha ish haqi summasi topiladi.
    Bizning misolimizda u 1200 so„m ( 30000 : 25 ). Buxgalterning haqiqatda ishlagan kunlariga hisoblanadigan ish haqi summasi 18000 so„m ( 1200 x 15).
    Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
    1.Xodimga o„tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o„rtacha oylik mukofotlar summasi asos qilib olinadi va u kasal bo„lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga bo„linadi. Topilgan summa o„rtacha bir kunlik to„lov summasini beradi. Aytaylik, yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning dekabrdagi ish haqi 20000 so„m, o„rtacha oylik mukofat summasi 5000 so„m bo„lgan. Unda o„rtacha bir kunlik to„lov summasi yanvar oyi uchun 1000 ( 25000 : 25 ) so„m bo„ladi.
    2.Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o„rtacha to„lov summasi nafaqani to„lash koeffitsiyentiga ko„paytiriladi. Ushbu koeffitsiyent O„zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873 –tartib raqami bilan ro„yxatdan o„tgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma‟lumotnomalarini berish to„g„risida Yo„riqnoma”, shuningdek O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo„yicha nafaqalar to„lash me‟yorlarini takomillashtirish to„g„risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha belgilangan:
    1.Ish haqining 100 % miqdorida:

    • Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari hisoblangan xodimlarga;

    • Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga;

    • Qaromog„ida 16 yoshga (o„quvchilar uchun –18 yosh) to„lmagan uch nafar va undan ko„p farzandi bo„lgan xodimlarga;

    • Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan xodimlarga;

    • Ko„chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o„tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o„smalar bilan bog„lik kasalliklarga chalingan xodimlarga;

    • Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob‟ektlarida harbiy xizmatni o„tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga;  Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga.


    Yüklə 103,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin