Ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma


Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari



Yüklə 204,47 Kb.
səhifə26/28
tarix12.09.2023
ölçüsü204,47 Kb.
#142727
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari (defektolog va tarbiyachi tomonidan yuritiladigan hujjat)

  1. Tarbiyachining oylik va haftalik taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ish rejasi tuziladi va metodist tomonidan tasdiqlanadi.

  2. Oylik ish reja daftari quyidagicha toʻldiriladi: ish rejaning titul varagʻi;

tasdiqlangan haftalik mashgʻulotlar jadvali;
bir oylik mashgʻulotlar va faoliyatlarning istikbol rejasi; 15 kunga moʻljallangan ertalabki badantarbiya mashqlari;
ota-onalar bilan ishlash rejasi;
rejaning asosiy qismida kundalik faoliyat bayoni beriladi.


11-04. Bolaning yakka tartibdagi rivojlanish xaritasi:

Xaritani toʻldirish uchun uch sikldan iborat boʻlgan kuzatuv olib boriladi. Dastlabki (oʻquv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi taʼlim sohalarini oʻzlashtirish boʻyicha mavjud boʻlgan muammolarga ham eʼtibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qoʻllab- quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari boʻyicha yutuqlari xaritasi toʻldiriladi.


Oraliq kuzatuv birinchi dekabr-yanvar oylarida oʻtkaziladi. Bu monitoringni oʻtkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga koʻra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda zarur holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv oʻtkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilinganligi baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.


Yüklə 204,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin