Ishbilarmonlik o’yini ishdan maqsad



Yüklə 241,26 Kb.
səhifə1/6
tarix02.04.2023
ölçüsü241,26 Kb.
#92538
  1   2   3   4   5   6
2-Laboratoriya


2- LABORATORIYA ISHI
Transport vositalari detallari resursini komp’yuterda hisoblash
(ishbilarmonlik o’yini)


1.IShDAN MAQSAD: Transport vositalari detallarining ishonchliligi bo’yicha to’plangan statistik ma’lumotlarga ishlov berish va ularning resurslarini kompyuter yordamida aniqlashni o’rganish.
2. IShNING MAZMUNI
Berilgan topshiriq varianti bo’yicha detallarning resursini kompyuter va qo’shimcha ma’lumot jadvallari yordamida:
2.1 Ko’rilayotgan detal bo’yicha chidamlilik ko’rsatkichlari: o’rtacha va gamma- foizli (g%) resurslarni aniqlash.
2.2 Tasodifiy qiymatlarning qaysi taqsimlanish qonuniga bo’ysunishi kirishi va taqsimllanish qonuni parametrlarini aniqlash.
2.3 Taqsimlanish qonunining turi to’g’rIShIdagi farazlarni tekshirish;
2.4 Sinov (eksperiment) va nazariy yo’llar bilan aniqlangan taqsimlanish zichliklari va , buzilmasdan ishlash ehtimolliklari va , buzilishlar taqsimlanishi funksiyalari va ning grafiklarini chizish;
2.5 Hisob natijalarini tahlil qilish.
3. UMUMIY MA’LUMOTLAR
“Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” va undan keyin o’qitiladigan fanlarni o’rganish uchun detallarning resurslarini bilish zarur.
Resurs deb detalning oxirgi holatgacha ishlash muddati (masofasi) tushuniladi. Resurslar birinchi almashtirilguncha va almashtirishlar orasidagi o’rtacha hamda gamma-foizli (g%) bo’lishi mumkin.
Detallarning resursi texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini rejalashtirishda, ehtiyot qismlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashda va ularni ishlab chiqarish dasturini aniqlashda ishlatiladi.
Detallarning resursini aniqlash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar kerak bo’ladi:
- nazorat ostidagi umumiy detallar soni - ;
- har bir detalning buzilishgacha ishlagan muddati - .
Detallarning ishlash muddati sinov o’tkazish davrida aniqlanadi. Sinov to’liq tugallangan va tugallanmagan bo’lishi mumkin.
To’liq tugallangan sinov deb nazoratga olingan detallarning hammasi buzilgunga qadar o’tkazilgan sinovga aytiladi.


  1. Yüklə 241,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin