Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi


I. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə2/9
tarix13.02.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#84165
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 КУРС АМАЛИЁТ ДАСТУРИ Корхоналарда 2022

I. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINING MAQSADI
VA VAZIFALARI

Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi 5230600 - “Moliya” ta’lim yo‘nalishi talabalarining “Moliya”, “Davlat byudjeti”, “Moliyaviy risklar” va “Moliya bozori va texnologiyalari” fanlari bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy layoqat va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


5230600 - “Moliya” ta’lim yo‘nalishining malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyoti 3-kurs VI semestr yakunlangandan so‘ng 9 hafta mobaynida o‘talishi belgilangan. Ushbu muddat ichida talabalar ishlab chiqarish amaliyotini korxonalarida o‘tashlari mumkin.
Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadidan kelib chiqqan holda talabalar tomonidan quyidagi vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan:

  • korxonalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishidagi ahamiyati bilan tanishish;

  • korxonalar daromadlarining shakllanishi va xarajatlarini taqsimlanishida korxonalar moliya bo’limining vazifasi va funktsiyalarini o‘rganish;;

  • korxonalarning daromadlari tarkibini o‘rganish;

  • korxonalarning xarajatlari tarkibini o‘rganish;

  • korxonalarning joriy pul oqimlari va xisob-kitoblarini o‘rganish;

  • korxonalarni moliyalashtirish manbalarining tarkibini o‘rganish;

  • amaliyot dasturi asosida amaliyot hisobotini sifatli tayyorlash.

II. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI

Ishlab chiqarish amaliyotining dastlabki kuni talabaga amaliyot joyidan rahbar biriktiriladi. Biriktirilgan rahbar talabalarga ichki intizom to‘g’risida qisqacha ma’lumot beradi.


Amaliyot davomida talaba dekanat tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarining qisqacha mazmunini yoritib borishi lozim. Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
“Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida amaliyot o‘tash uchun ajratilgan vaqt mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi (1-jadval):

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin