Talabalarning bilim darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
“5” baho (a'lo)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha savollarga javob bera olishi, talaba amaliyot bo‘yicha hisobotida taqdim etgan ma‘lumotlarni tahlil etishi va mustaqil bayon etishi hamda barcha bajargan ishlari bo‘yicha yakuniy fikr va xulosalar bildira olishi, huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmunini yorita olishi va u bo‘yicha o‘zgarishlarni tushuntira olishi
“4” baho (yaxshi)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini hisobotda keltirilgan amaliy ma‘lumotlar asosida izohlashi, amaliyot obyekti moliyaviy ko‘rsatkichlariga oid ma‘lumotlarni tahlil qila olishi hamda ularga o‘zining obyektiv xulosasini bera olishi
“3” baho (qoniqarli)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda amaliyot obyekti umumiy faoliyati to‘g‘risidagi va amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olishi
“2” baho (qoniqarsiz)
Amaliyot bo‘yicha hisobot talaba tomonidan to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilmaganligi, amaliyot bo‘yicha savollarga javob bera olmaganligi, bu haqda yetarli tushunchaga ega bo‘lmasligi
Hisobot O‘quv-uslubiy boshqarma va kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og‘zaki himoya qilinadi.
Hisobot tituli amaliyot dasturining 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi zarur. So‘ngra hisobot kafedrada ro‘yxatdan o‘tkaziladi va universitetdan tayinlangan rahbardan taqriz olish uchun taqdim etiladi. Talabaning hisoboti universitetdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga talabaga qaytariladi. Taqrizda amaliyot bo‘yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning ijobiy jihatlari va yutuqlari bilan birga, kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi darkor.
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida amaliyotga to‘liq qatnamagan, amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, amaliyot bo‘yicha salbiy taqriz olib, hisobotni qayta ishlamagan talabalar hisobot himoyasiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, hisobot himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talaba tegishli tartibda va amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiq kursdan-kursga o‘tkazilmaydi, 3-kursda qoldiriladi va talaba kelasi o‘quv yili amaliyotni qayta o‘taydi.