V. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA UNIVERSITET TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Korxonalar tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari Talabalar amaliyot o‘tashi uchun korxonalarning tegishli buyrug‘i bilan qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan bir kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi:
Ish joyi
Ish joyidagi rahbarining ismi-sharifi
Amaliyotning boshlanish muddati
Amaliyotning tugash muddati
Hisobotni rasmiylashtirish va topshirish muddatlari
Korxonaning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida amaliyot rahbari talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga korxona tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni tashkil qilishda, talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, amaliyot rahbari talabaning amaliyot davridagi faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning kundaligiga yozib beradi, shuningdek, talabaga amaliyot o‘taganligi bo‘yicha tavsifnoma beradi.