6-mavzu. Korxonalarni moliyalashtirish manbalarining tarkibi
Talaba tomonidan korxonalarning faoliyatini moliyalashtirish usullari, kapitalning qiymati va uning tarkibi , kapitalning asosiy manbalari,jalb qilingan va xususiy kapital tarkibi, korxona faoliyatini moliyalashtirishda yangi instrumentlar (ipoteka, lizing,optsion kontraktlar)ga tegishli xujjatlar va ma’lumotlar o’rganilib, taxlil qilinadi.
Ushbu mavzu bo’yicha talaba quyidagi hujjatlarni tahlil qilgan holda o’z hisobotiga ilova qiladi:
-ushbu mavzuga moliyaviy natijalar haqidagi hisobot va oxirgi 3 yillik ma’lumotlar;
- ushbu mavzuga tegishli boshqa hujjat va ma’lumotlar.
IV. ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI
Ishlab chiqarish amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli korxonalarida o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba universitet dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:
Sana
|
Amaliyotdagi ish joyi
|
Bajarilgan ishlar
|
Korxona tomonidan biriktirigan amaliyot rahbarining imzosi
|
|
|
|
|
Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Talaba korxonalarda amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija, ilovalardan tashqari, kamida 30 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
kirish;
har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq ochib berilgan amaliyot natijalari;
amaliy ma’lumotlar;
korxonalar tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;
ilovalar.
Talaba amaliyot obyektidan kundalikni (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi) rasmiylashtirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |