Ishlab chiqarish xoʻjaligiga oʻtish va xoʻjalik boshqaruvining tashkil topishi mundarija: kirish



Yüklə 326 Kb.
səhifə12/17
tarix09.06.2023
ölçüsü326 Kb.
#127415
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Копия Ishlab chiqaris KURS ISHI

Zamichatosh yodgorligi. Samarqand shahridan janub tomon 40 km masofada Sevasoy yon qayiri Katta xarsangtosh o‘ngirida joylashgan (Samarqand-Kitob avtomagistral yo‘lidan 4 km). Xarsangtosh janubiy qismi hisoblanuvchi bu o‘ngir ich tomoniga 4 m, kengligi esa 10 m hajmga ega. Makon 1989 yili O‘zR FA Arxeologiya instituti paleolit otryadi xodimlari tomonidan ochilgan. Makonda hammasi bo‘lib 30 m2 maydon sathi o‘rganilib, 2 ta madaniy qatlam (40-60 smqalinlikda bo‘lgan) aniqlanib, 1-madaniy qatlamdan o‘choq qoldig‘i, 40 donadan ortiq (chaqmoqtosh, xalsedon, kvarsit kabi materiallardan tayyorlangan) tosh buyumlar,ko‘plab hayvon suyagi qoldig‘i topilgan. 2-madaniy qatlamdan nisbatan kamroq 21 dona tosh buyum topilgan bo‘lsa-da, lekin suyakdan yasalgan bir nechta qurol uchratilgani ahamiyatlidir. Makon o‘z tosh industriyasining mikrolitli xususiyati bilan Sazag‘on madaniyatiga taalluqli hisoblanadi.
Ohalik (Og‘aliq) yodgorligi. Samarqand shahridan janub tomon 18 km masofada Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ri Ohaliksoyning o‘ng yon qayirida joylashgan. Mahalliy aholi “podsho toshi” deb ataydigan xarsangtosh o‘ngirida joylashgan. Makon 1986 yili O‘zR FA Arxeologiya instituti paleolit otryadi xodimlari tomonidan ochilgan. Hammasi bo‘lib 18 m2 maydon sathi o‘rganilib, 2 ta madaniy qatlam aniqlandi. Madaniy qatlamlar oralig‘i 50-60 smbo‘lib, 2-madaniy qatlamdan o‘choq qoldig‘i topilgan. Ikkala qatlamdan ham topilgan arxeologik ashyoviy dalillar –tosh buyumlar (486 dona), sopol buyum parchalari, suyakdan yasalgan qurollar o‘z tipologiyasi bo‘yicha Sazag‘on neolit jamoalari moddiy madaniyatiga xosdir. Bu ikkala yodgorlik ham o‘z moddiy madaniyati jihatidan Sazag‘on madaniyatiga mansubdir.
Sazag‘on-1 yodgorligi. Samarqand shahridan 27 km janubdagi Sazag‘on qishlog‘i yuqori qismi, Sazag‘onsoy yon qayirida joylashgan (Samarqand viloyati, Nurobod tumani). Makonni 1967-1968 yillarda D.N.Lev o‘rgangan. 1969 yildan e’tiboran bu yerdagi tadqiqotlarni M.J.Jo‘raqulov davom ettirgan. Tadqiqot jarayonida yodgorliklar madaniy qatlami qisman buzilganligi aniqlangan. Hammasi bo‘lib 2,5 mingdan ortiq arxeologik ashyoviy dalillar to‘plangan. Makon tosh industriyasi o‘zining bir qator xususiyati bilan O‘rta Osiyo tog‘ mezolit-neolit madaniyatlari jumlasiga kirishi, tosh qurollarning yasalish uslublarida Samarqand so‘nggi paleolit makoni an’analari saqlanib qolganligi ham tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi.
Sazag‘on-2 makoni. Sazag‘on-1 yodgorligidan soy bo‘ylab 2,5 km yuqorida qayir sathida joylashgan bo‘lib, 1966 yili Samarqand Davlat universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan. M.Jo‘raqulov 1971, 1976-1982 yillar mobaynida makon madaniy katlamini o‘rgangan. Hammasi bo‘lib 764 m2 madaniy qatlam o‘rganilib, undan 5 mingdan ortiq tosh buyumlar kolleksiyasi, qisman sopol buyum parchalari, hayvon suyagi qoldiqlari, taqinchoqlar topilgan. Shuningdek, ibtidoiy odam qoldig‘i hamda uy-joy qoldig‘i o‘rganildi.
Jangal-1. Egrikulcha qishlog‘idan soy bo‘ylab 2,5 kmyuqoridagi yon qayirda (Sazag‘on-1,2 yodgorliklaridan 3 kmshimoli-sharq tomonda) joylashgan, 1986 yili SamDU arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan. 1986-1989 yillar mobaynida M.Jo‘raqulov va N.Xolmatovlar tomoni­dan tadqiq etilib, bu yerda 200 m2 madaniy qatlam o‘rganilgan, 5 mingga yaqin turli arxeologik manba to‘plangan. Shuningdek, yaxshi saqlangan naqshli sopol buyum parchalari topilgani, uy-joy qoldig‘i aniqlangani ham muhim bo‘ldi. Makon tosh industriyasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra Sazag‘on madaniyatiga taalluqli ekanligi aniqlandi30.

Yüklə 326 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin